Klivaj (fransuzcha clivage — parchalanish, qatlamlarga ajralish) — togʻ jinslarining darzlar boʻyicha yupqa plastinka va prizmalarga ajralishi. Ularning yoʻnalishlari, koʻpincha togʻ jinslarining birlamchi qat-qatligiga mos kelmaydi. Klivaj avj olgan joylarda asl qat-qatlik butunlay koʻrinmay qoladi. Klivaj, asosan, intensiv burmalanish rayonlarida tektonik kuchlar taʼsirida sodir boʻladi. Yuzaga kelish usullariga koʻra, uzilish Klivaj, sirpanish Klivaj, yoriq Klivaj va boshqa farq qilinadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar