Korinf — qad. yun. shahar-davlati (polis) (hozirgi Korinfdan 6 km narida). taxminan miloddan avvalgi X asrda doriylar tomonidan barpo qilingan. Tiranlar — Kipsel va Periandr davri (miloddan avvalgi VII—VI asrlar boshi) da gullab-yashnagan. K. yirik savdo-hunarmandchilik markazi; Afina bilan raqobatlashgan; bronza va sopol buyumlari bilan mashhur boʻlgan; yunon kolonizatsiyasida faol qatnashgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar