Max von Laue () (1879.9.10, Pfaffendorf, Koblens yaqinida — 1960.24.4, Berlin) — nemis fizigi. Berlin universitetini tugatgan (1904). Ilmiy ishlari optika, kristallofizika, oʻta oʻtkazuvchanlik, nisbiylik nazariyasi, kvant nazariya, atom fizikasi, qattiq jismlar fizikasi va boshqalarga oid. Kristallarda rentgen nurlari interferensiyasi nazariyasini yaratib, bu nurlar uchun kristallardan difraksion panjara sifatida foydalanishni taklif qilgan, kristallarda rentgen nurlarining difraksion nazariyasini ishlab chiqqan (1912). Uning rahbarligida birinchi marta lauegramma olingan va bu bilan rentgen struktura analiziga asos solingan. Nobel mukofoti laureati (1914)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari.
Manbalar
Turkum:Nemis fiziklari Turkum:1879-yilda tugʻilganlar Turkum:1960-yilda vafot etganlar Turkum:9-oktabrda tugʻilganlar Turkum:24-aprelda vafot etganlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari