Sophia Loren (; 1934-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) — Italiya kinoaktrisasi. 1949-yil „Goʻzallar tanlovi“da qatnashib, shu yildan filmlarda suratga tusha boshlagan. „Neapol oltinlari“, „Daryodan kelgan ayol“ filmlari unga katta shuhrat keltirgan. „Chochara“ filmidagi Chezira roli uchun „Oscar“ mukofotiga sazovor boʻlgan. „Italyancha nikoh“, „Kecha, bugun, ertaga“, „Bakkacho, 70“, „Kungaboqar“, „Gʻaroyib kun“, „Rim imperiyasining qulashi“, „Lamanchli kishi“ kabi filmlar Loren ijodida alohida oʻrin tutadi. 1990-yil „Shanba, yakshanba, dushanba“ filmida bosh rolni oʻynadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Filmografiyasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:1934-yilda tugʻilganlar Turkum:Italiyalik aktrisalar Turkum:Oscar mukofotining eng yaxshi aktrisa nominatsiyasi gʻoliblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Fransiyalik aktrisalar