Manganin (lotincha manganum — marganets) — misning marganets (11,5 — 13,5%) va nikel (2,5 — 3,5%) bilan qotishmasi. Solishtirma elektr qarshiligi ancha yuqori (0,47 mkOmm). Barqarorlashtiruvchi yumshatishdan soʻng xona temperaturasida juda oz oʻzgaradi. M.dan elektronika sanoatida, xususan, aniq asboblar ishlatiladigan sim va lentalar tayyorlanadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar