Samuil Yakovlevich (1887.22.10, Voronej — 1964-yil, 7-aprel, Moskva) — rus shoiri, XX asr rus bolalar adabiyoti asoschilaridan. M.ning „Jek qurgan uy“, „Bolalar qafasda“, „Axmoq sichqoncha haqida ertak“ sheʼriy kitoblari 1923-yilda nashr qilingan. M. 1933-yilda „Mister Tvister“ hajviy pamfletini yaratdi. „Nomaʼlum qahramon haqida hikoya“ romantik dostoni (1938)da yangi davr qahramonlarining jasorati ifodalangan. „Harbiy pochta“ (1944), „Har xil rangli kitob“ (1947), „Yil boʻyi“ (1948), „A dan Ya gacha zavqli sayohat“ (1953) sheʼriy kitoblarida bolalarning oʻziga xos tabiati, adabiyot haqidagi falsafiy fikrlari oʻz ifodasini topgan. Uning „Un ikki oy“, „Aqlli asar“, „Mushukvoyning uyi“ ertak-pyesalari mashhur. M. „Hayot boʻsa-gʻasida“ avtobiografik qissasi (1960) va „Tarbiyaviy soʻzlar bilan“ maqolalar toʻplami (1961), „Tanlangan sheʼrlar“ (1962) asari muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar Sheʼr va ertaklar, T., 1959; Yongʻin, T., 1959; Styopa amaki, T., 1960; Axmoq sichqoncha haqida ertak, T., 1961.

Adabiyot Smirnova V., S. Ya. Marshak, M., 1954; Galanov B. Ye., S.Ya. Marshak. Jizn i tvorchestvo, 4 izd., M., 1965; S ar no v B., Samuil Marshak (ocherki poezii), M., 1968.

Turkum:Rossiya imperiyasida tugʻilganlar Turkum:Rossiyada vafot etganlar Turkum:Rossiya kishilari Turkum:Rossiyalik shoirlar Turkum:1877-yilda tugʻilganlar Turkum:1964-yilda vafot etganlar