Matjonov Madraim (1909, Qoʻngʻirot tumani — 1982-yil, 2-iyun, Nukus) — qoraqalpoq aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Moskva teatr sanʼati institutining qoraqalpoq studiyasini tugatgan (1939). 1930-36 va 1939-yildan Qoraqal-poq teatrida aktyor. Uynagan rollari jushqinligi, yuksak ijro texnikasi, nutqining mukammalligi bilan ajralib turadi. Sahnada Silvestr, Organ ("Skapen nayranglari", "Tartyuf"), Nodir ("Nomus"), Orolboy ("Suymaganga suykanma"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Osip ("Revizor"), Abdulla yuzboshi ("Oshiq Gʻarib"), Ernazar Kenagas ("Berdaq") kabi obrazlar yaratganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:Qoʻngʻirot tumanida tugʻilganlar Turkum:1982-yilda vafot etganlar Turkum:Nukusda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari