Metgemoglobin — (meta va gemoglobin) gemoglobin, ferrigemoglobin — oksidlangan gemoglobin hisoblanadi. Bunda kislorod gemoglobin tarkibidagi temir bilan mustahkam birikib, oʻzidagi kislorodni toʻqimalarga ajratib chiqara olmaydi. Natijada kislorod yetishmasligi — gipoksiya holati roʻy beradi. Sogʻlom kishi eritrotsitlari tarkibida metgemoglobin juda oz miqdorda (0,1 — 1% gacha) boʻladi. Organizm turli kimyoviy moddalar yoki dorilardan zaharlanganda qonda metgemoglobin miqdori ortadi (metgemoglobinemiya). Bunday hollarda tez toliqish, bosh ogʻrigʻi va koʻkarish (sianoz) alomatlari yuzaga chiqadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Simptom:Bosh ogʻrigʻi Turkum:Tibbiyot