Muoviya I yoki Muoviya ibn Abu Sufyon (? - 680) — umaviylar sulolasi asoschisi va shu suloladan boʻlgan dastlabki xalifa (661—680). Quraysh qabilasi zodagonlaridan. 639 yildan Suriyada noib. 657 yil xalifa Ali va uning oʻlimidan soʻng xavorijlar bilan kurash olib borgan, 661 yil xalifa deb eʼlon qilingan. Xalifalar hokimiyatini merosiy qilgan. M. davrida xalifalik poytaxti Damashq shahriga koʻchirilgan. M. siyosati arab qabila zodagonlarining manfaatini ifodalagan. Yirik diplomat va maʼmur boʻlgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Havolalar

Turkum:Umaviy xalifalari Turkum:Birinchi fitnada ishtirok etgan kishilar Turkum:Suriyadagi Roshidun xalifaligi noiblari Turkum:Roshidun xalifaligi generallari Turkum:7-asr Umaviy xalifalari Turkum:Sahobalar