Muhammad Sharif ibn Muhammad Naqiy (19-asr) — buxorolik tarixchi olim. Hayotiga oid maʼlumot saqlanmagan. Buxoro xonligi tarixiga oid "Toj uttavorix" ("Yil-nomalar toji") asarini yozgan (1800). Unda Chingizxon va avlodlari, shayboniylar va ashtarxoniylar tarixi, mangʻitlarning shajarasi, amir Haydar hukmronligining dastlabki yillaridagi voqealar xususida soʻz boradi. Asarning 2 nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida sak,panada.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Buxoro amirligida tugʻilganlar Turkum:Buxoro amirligida vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha tarixchilar Turkum:Buxoro amirligi tarixchilari Turkum:Buxoro amirligi olimlari