Navbahor — otashparastlarning qadimgi butxonasi. Balxning janubiy tarafida shahar yonida joylashgan. Ibn al-Faqihning yozishicha, Navbahorda otashparastlarning juda katta maʼbudasi boʻlgan va unga sigʻinish uchun tevarak-atrofdan juda koʻp kishi kelib turgan. Navbahor koʻp marta buzilib, yana tiklanib turgan. U birinchi marta Arab xalifaligi davrida vayron qilingan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Arxeologiya Turkum:Tarix Turkum:Afgʻoniston