Naqr, naqra (arab. — zarb, taqillatish) — oʻtmish musiqa risolalarida qoʻllangan usul zarblari birligi. Ritm oʻlchovlari arab alifbosidagi T va N harflari vositasida ifodalangan. Mas, tan (ikki N.dan tuzilgan uzun boʻgʻin), tanan [bir qisqa (ta) va bir uzun (nan) boʻgʻin] va q.k. Safiuddin al-Urmaviy, Mahmud ash-Sheroziy, Abduraqmon Jomiy, Zaynulobiddin alHusayniy risolalarida N.lar masalasiga ham maxsus toʻxtab oʻtilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi