Muhammad Ibrohimovich Niyozov (1908, Chimkent — 1980, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), professor (1964). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgach (1934), shu universitetda dekan va prorektor (1934—40), Oʻzbekiston Maorif vaziri oʻrinbosari (1940— 46), Toshkent politexnika instituti rek-tori (1947—63), kimyo texnologiyam ja-rayonlari va qurilmalari kafedrasi mudiri (1953—80). Shu kafedra qoshida polimerlar muammolari laboratoriyani tashkil qilgan. Asosiy ilmiy ishlari adsorbsiya, distillash, ekstraksiya, kuritish va boshqa jarayonlarni intensivlash masalalariga oidOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Havolalar https://press.natlib.uz/ru/editions/102970

Turkum:Kimyogarlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1908-yilda tugʻilganlar Turkum:1980-yilda vafot etganlar