thumb Nitrat kislota - kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuqlik. Mol.m. 63,016. Suvsiz Nitrat kislotaning suyuqlanish temperaturasi — 41,59 °C, qaynash temperaturasi 84 °C, zichligi - 1,513 g/sm³. Nitrat kislota suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz Nitrat kislota (98—100%li) xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil boʻlgan dan havo sariq tusga kiradi.

Nitrat kislota qaynatilganida ham parchalanadi:

Amalda zichligi 1,44 g/sm³ boʻlgan 63—65% li konsentrlangan kislota ishlatiladi. Nitrat kislota — kuchli oksidlovchi. Shu sababli metallarga taʼsir ettirilganda vodorod ajralib chiqmaydi. Konsentrlangan nitrat kislota qaytarilish mahsuloti har xil bo’lishi mumkin. Unga odatdagi sharoitda Fe, Al, Cr, Au va Pt ta’sir etmaydi. Cu, Ag va Ag ni eritib, o’zi ga qadar qaytariladi. Sn, As, P, B kislotalarigacha oksidlanadi:

Suyultirilgan nitrat kislotaning oksidlovchilik xossasi juda kuchli, ozi esa NO, va boshqa mahsulotlargacha qaytariladi: 3Cu + 8 = 3 + 2NO + 4 4Mg + 10 = 4 + + 5 PbS + 8 = 3 + 4 + 8NO 3HCl + = 2 + 2 + NOCl Platina ham zar suvida (3HCl*) eriydi. 3Pt + 4 + 12HCl= 3 + 4NO + 8 Eng muhimi nitrat kislotaning metallar bilan reaksiyasida vodorod ajralmaydi. Agar nitrat kislotaga metallmaslar ta’sir ettirilsa metallmaslar kislotalargacha oksidlanadi: S+6(kons)=+6 +2 Suyultirilgan nitrat kislota fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi: 3P+5+2=3+5NO Uglerod nitrat kislota ta’sirida gacha oksidlanadi: 3C+4=3 +2+4NO Nitrat kislota tuzlari suvda yaxshi eriydigan oq qattiq moddalar. Ular selitralar deyiladi. - natriyli, - kaliyli, - kalsiyli, - ammoniyli selitradir. Tuzlarining parchalanishi 3 xil: Eng aktiv metallarning (magniydan chapda turgan) nitratlari parchalansa nitritlar va kislorod hosil bo’ladi: 2 = 2 + Agar metallning aktivligi kamroq va metall Mg va Cu orasida joylashgan bo’lsa bu metallarning nitratlari parchalanishida metal oksidi, va kislorod hosil bo’ladi. 2 = 2ZnO + 4 + . Agar metallar aktivligi kam bo’lsa, nitratlarning parchalanishida metallning o’zi, va kislorod hosil qiladi: 2AgNO3= Ag + 2NO2 + O2 Hg(NO3)2= Hg + 2NO2 + O2

Konsentrlangan nitrat kislota () bilan xlorid kislota (HCl) aralashmasi, 1 hajm nitrat kislotaga 3 hajm xlorid kislota qoʻshilsa, "zar suvi" deb ataladigan kuchli oksidlovchi hosil bo'ladi: + 3HCl = + NOCl + 2 Bu aralashma oltin va platinani hamda kislotalarda erimaydigan baʼzi metallarni eritadi. Labaratoriyada nitrat kislotaning tuzlariga yuqori konsentrasiyali sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi: 2NaNO3 + H2SO4=Na2SO4 + 2HNO3 Nitrat kislota Sanoat miqyosida nitrat kislota olish uchun asosiy xom ashyo ammiak va havo hisoblanadi: 4NH3+5O2=4NO+6H2O 2NO+O2=2NO2 Oksidlanish jarayoni 900 °C da Pt-Rh katalizatori ishtirokida olib boriladi. Boshqacha usulda azot va kisloroddan azot(II) oksidi, so’ngra uni gacha oksidlanishi ham mumkin. Hosil bo’lgan azot(IV) oksidi kislorod ishtirokida suvda eritiladi: 4NO2+O2+2H2O = 4HNO3 Azotli o’g’itlar. O’g’itlatlar sifatida kalsiy nitrat – Ca(NO3)2 ishlatiladi. Ohakni nitrat kislota bilan neytrallash natijasida olinadi. Natriy nitrat – chili selitrasi deyiladi. Tabiiy holda faqat Chilida juda katta zaxira holda uchraydi. Kaliyli selitra - hind selitrasi deyiladi. Suniy ravishda kaliy xlorid va natriy nitrat ta’siridan olinadi. Ammoniyli selitra - ham ko’p ishlatiladi. Konsentrlangan Nitrat kislota portlovchi moddalar, sulfat va fosfat kislotalar, aromatik nitrobirikmalar, boʻyagichlar olishda ishlatiladi. Nitrat kislota bugʻi nafasga tegsa zaharlaydi, terini kuydiradi. Konsentrlangan Nitrat kislota organik moddalarga tekkanda portlaydi va yongʻin chiqadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil H.R.To’xtaev, K.A.Cho’lponov, Tashev.

Manbalar

Turkum:Kislotalar Turkum:Kimyo