Saʼva () — chumchuqsimonlar turkumi qiziltoʻshlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. Asosan paleoarktika hududining gaʻrbida tarqalgan qushlar. Oʻzbekistonda 2 turi uchraydi. Taksonomiya va sistematika Urugʻga mansub boʻlgan birinchi turga Karl Linney tavsif bergan va 1758-yilda oʻzining Systema Naturae asarining 10-nashrida eʼlon qilgan. Linney turga Fringilla carduelis binominal nomini bergan. 1760-yilda fransuz olimi Mathurin Jacques Brisson turni alohida urugʻga kiritadi va urugʻni Carduelis deb nomlaydi. Carduelis — lotin tilidagi «saʼva» maʼnosini anglatuvchi soʻz.

Turlari Hozirgi kunda sava urugi 4 turni oʻz ichiga oladi. Tashqi koʻrinishi Nomi Lotincha nomi Tarqalish hududiQorabosh saʼva Carduelis carduelis Boʻzbosh saʼva Carduelis caniceps Sariq saʼva Carduelis citrinellaYevropa: Ispaniyadan Alp togʻlarigachaKorsika saʼvasi Carduelis corsicanaKorsika va qoʻshni orollar: SardiniyaElba, Kapraya, Gorgona.

Tashqi koʻrinishi Tanasining uzunligi 13—16 sm, vazni 20 grammga yaqin. Peshonasi va tomogʻi qizil, qanoti sariq yoʻlli qora. Orqasi jigarrang, boshining tepa qismi oq, ensasi atrofi qora. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Urmon, toʻqay va bogʻlarda yashaydi. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida uchraydi. Uyasini daraxt shoxlariga ildiz tolalari, ot qili va oʻsimlik tolalari, jun va patlardan quradi. 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini modasi 12— 13 kun bosadi. Bolalari 13-15 kundan keyin uyasidan uchib chiqadi. Ularni ota -onalari 6-8 kun boqadi. Sava 1yilda 2 marta kopayadi. Yoz oxirlarida qayin va olxa uruglarini izlab oziqlanish maqsadida bargli ormonlarga uchib keladi . Bu qush baland daraxtlarga in qurishni yoqtiradi. Manbalar

Turkum:Qushlar