Uzunshoʻr neft-gazkondensat koni — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi kon, Buxoro shahridan 95 km janubida, 1969-yilda ochilgan. Konning gʻarbiy qismi Turkmanistonning Lebap viloyati Forob tumani hududida. Kondan 80 km shimoli-sharqda Buxoro—Ural magistral, gaz quvuri oʻttan. Kon relyefi barxan qumlari va shoʻrxok tekislikdan iborat, 150– 190 m balandlikda joylashgan. Uzunshoʻr strukturasi Chorjoʻy tektonik pogʻonasining markaziy qismidagi, Dengizkoʻl zanjirsimon koʻtarilmasi shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Struktura shimoli-sharq yoʻnalishida choʻzilgan, 2 ta mustaqil kubbaga ega. Shimoli-sharqiy qubba yirikroq, simmetrik tuzilgan. 2 ta qubbada neft uyumi mavjud. Uzunshoʻr neft-gazkondensat konig.k. da jami 8 ta quduq qazilgan boʻlib, paleozoy, yura, boʻr, paleogen, neogen toʻrtlamchi davr jinslari ochilgan. Yura davri yotqiziqlari neftgazga mahsuldor boʻlib, ular terrigen, karbonat va tuzangidrit qatlamlaridan tarkib topgan. Bu yotqiziqlarda mahsuldor gorizontlar mavjud. Gazkondensat uyumi burmaning asosiy garbiy qubbasi bilan bogʻliq. Baʼzi gorizontlarda gazlar quruq, azotuglevodorod sinfiga mansub. Kondensant kam oltingugurtli. 15—16gorizontda ham neft, ham gaz uchraydi. 15 gorizont qatlam suvlari sedimentatsion, metamorflashgan, xloridkaltsiy tarkibli namakoblardan iborat. Kon 2003-yil boshida sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.
Turkum:Qorakoʻl tumani Turkum:Oʻzbekiston neft konlari Turkum:Oʻzbekiston gaz konlari