TeliaSonera AB — Shvetsiya va Finlandiyaning hamkorlikdagi yetakchi kompaniyasi boʻlib, telekommunikatsiya va uyali aloqa xizmatlarini amalga oshiradi. Kompaniya shimoliy va Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, shuningdek bir qancha Osiyo davlatlarida xizmat koʻrsatadi, umumiy mijozlari soni esa 182 milliondan ortiq (2013-yil). Tarixi TeliaSonera 2002-yilda Shvetsiya va Finlandiyaning Telia hamda Sonera kompaniyalari qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Telia kompaniyasi xususiylashtirilishidan avval davlat monopoliyasi edi. Sonera esa, avvaliga shahar telefon tarmoqlariga xizmat koʻrsatgan. TeliaSoneraning 37% aktivlari Shved hukumatiga, 13.2% aktivlari Fin hukumatiga, qolgani esa dunyo boʻylab sarmoyadorlar, yirik kompaniyalarga qarashlidir. Telia Shvetsiyaning Telegrafverket (Royal Telegraph Agency) korxonasi 1853-yilda, Stokgolm va Uppsala orasida telegraf oʻrnatilgan vaqtda tashkil etilgan. Shvetsiyada telefon tizimi yaxshi ishlanmagan, buning sababi — mamlakatda telefon patentlanmagan edi. Biroq, Ericsson shirkati qurilmalarni yetkazib bergan. 1920-yillarga kelib, mamlakatda monopoliyaga aylanadi. 1953-yilda uning nomi „Telverket“ deb, 1992-yilda esa „Telia“ deb oʻzgartitiladi. 1990-yil boshlarida GSM xizmat turi yoʻlga qoʻyiladi. Shu vaqtlarda uning bir qancha raqobatchilari paydo boʻlishi ushbu korxona monopoliyasiga chek qoʻydi. Ushbu raqobatchilardan eng yirigi Tele2 korxonasi boʻlib, u Shvetsiyada birinchi bor (2000-yilda) 3G xizmatini yoʻlga qoʻydi. Keyinroq, Telia korxonasi ham ushbu xizmatni koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi. Sonera 1917-yilda Finlandiya telegraf agentligi tashkil topadi. 1927-yilda, agentlik Finlandiya pochta boshqarmasi bilan qoʻshilib, „Fin pochtasi va telegrafi agentligi“ nomini oladi. 1994-yilgacha bu agentlik mamlakatdagi barcha telefoniya xizmatlarini koʻrsatib kelgan. 1994-yili agentlik ikkiga boʻlinib, „Suomen“ hamda „Telecom Finland“ shirkatlariga aylantiriladi. 1998-yilda „Telecom Finland“ning nomi oʻzgarib, „Sonera“ deb atala boshlanadi. Operatsiyalar thumb|300px|TeliaSoneraning xalqaro faoliyati

TeliaSonera hozirgi kunda Skandinaviya va Boltiqboʻyi davlatlaridagi eng yirik va mijozlar soni koʻp uyali aloqa kompaniyasidir . Keyingi oʻrinlarda Yoigo, Megafon, NetCom va boshqalar turadi.

thumb|280px|Yevropadagi uyali aloqa biznesi

Afgʻoniston TeliaSonera Afgʻonistonning Roshan uyali aloqa kompaniyasining 12,25 foiziga ega. Daniya Daniyada 1995-yildan beri faoliyat yuritadi. Estoniya TeliaSonera Estoniyadagi „Eesti Telekom“ning egasidir. 2009-yilda mazkur korxona aksiyalarining 100 foizini sotib olgan. Finlandiya TeliaSonera Finlandiyadagi eng yirik aloqa operatori boʻlib, barcha turdagi aloqa xizmatlarini koʻrsatadi. Gurjiston 2007-yildan TeliaSonera „Geocell“ aloqa kompaniyasining 58,5 foiziga ega. Qolgan 41 foizi esa Turkiyaning „Turkcell“ kompaniyasiga tegishli. Latviya TeliaSonera Latviyaning „LMT“ uyali aloqa shirkatining 49 foiziga, shuningdek, „Lattelecom“ operatorining 49 foiziga va „Tele Latvia“ operatorining 100 foiziga egalik qiladi. Litva TeliaSonera „Omnitel“ kompaniyasining 100 foiziga va „TEO LT“ kompaniyasining 88 foiziga ega. Moldova TeliaSonera „Moldcell“ kompaniyasining 74,3 foiziga ega. Nepal TeliaSonera Nepal davlatining „Spice Nepal“ kompaniyasining 80 foiziga ega, shuningdek, „Mero mobile“ kompaniyasi ham qoʻshilgan. Norvegiya Norvegiyada 1998-yildan faoliyat yuritadi. Ozarbayjon 2010-yil 15-maydan boshlab Azercell kompaniyasi faoliyat koʻrsatadi. Qozogʻiston Qozogʻistonda 2006-yildan boshlab „KCell“ aloqa operatori sifatida ishlamoqda. Rossiya TeliaSonera Rossiyaning MegaFon uyali aloqa operatorining 25,2 foiziga ega. Ispaniya TeliaSonera „Yoigo“ uyali aloqa kompaniyasining 76,6 foiziga ega. Tojikiston TeliaSonera tojikistonning ikkita uyali aloqa operatorlarini birlashtirib, „Tcell“ sifatida ishlamoqda. Turkiya TeliaSonera mamlakatning eng yirik aloqa operatori hisoblangan „Turkcell“ kompaniyasining 38 foiziga ega. Oʻzbekiston

2007-yilda Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻsha paytda uning foydalanuvchilari soni 400,000 dan ziyod edi. 2012-yilda mijozlar soni 9 milliondan ortdi. 2015-yilda TeliaSonera Oʻzbekiston bozoridan chiqib ketishi taxmin qilinmoqda. Yana qarang UCell Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti Yahoo! — TeliaSonera AB Company Profile TeliaSonera CDN UCell

Turkum:Uyali aloqa operatorlari Turkum:Tasvirsiz maqolar