Galatasaroy (turk. Galatasaray Spor Kulübü) – Istanbuldagi turk professional futbol klubi, Galatasaray sport jamiyati tarkibiga kiradi va Turkiya chempionatida muntazam ishtirok etib keladi. 1905-yilda tashkil etilgan. Klub uy uchrashuvlarini 52 mingdan ortiq tomoshabinga moʻljallangan Türk Telekom Arena stadionida oʻtkazadi. Mamlakatning eng muvaffaqiyatli futbol klublaridan biri, 25 karra Turkiya chempioni, 19 karra Turkiya kubogi sohibi, 17 karra Turkiya Superkubogi sohibi, UEFA kubogi va UEFA Superkubogi sohibi.

„Galatasaroy“ turnir davomida biror marotaba magʻlubiyatga uchramasdan UEFA kubogi qoʻlga kiritgan ikki jamoadan biri, shuningdek, Chempionlar ligasi guruh bosqichida uchinchi oʻrinni egallab, turnirda gʻolib chiqqan birinchi jamoadir. 1999—2000–yilgi mavsumda UEFA kubogi finalida Londonning „Arsenal“ jamoasini penaltilar seriyasida 4:1 hisobida magʻlub etgan „Galatasaroy“ tarixda yevrokuboklarni qoʻlga kiritgan ilk turk klubiga aylangan.

Klub Turkiya Superligasining amaldagi chempioni hisoblanadi.

Nom "Galatasaroy" nomi toʻgʻridan-toʻgʻri Galatasaroy litseyidan (dastlab „Galata saroyi imperator maktabi“ deb ataladi) kelib chiqqan. Tarixiy nuqtai nazardan ikkita soʻzdan iborat: Galata (Istanbulning tarixiy tumani) va „saroy“ (turkchadan „saroy“ deb tarjima qilinadi).

Tarix

Klub 1905-yilda Ali Sami Yen boshchiligidagi Galatasaroy oʻrta maktabining bir guruh talabalari tomonidan tashkil etilgan. Galatasaroy Turkiyaning eng qadimgi futbol klublaridan biri hisoblanadi.

Avvaliga Galatasaroy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, chunki Turkiyada tartibga solinadigan sport qonunchiligi yoʻq edi. 1912-yildan boshlab, tegishli nizomlar qabul qilingandan soʻng, klub qonuniy asosda faoliyat koʻrsata boshladi. Galatasaroy 1905—1906-yilgi mavsumda Istanbul ligasiga qoʻshilgan va 1907—1908-yilgi mavsumda gʻolib chiqqan. 1952-yil klub professional klub maqomiga erishadi.

Eng katta muvaffaqiyatlar jamoaga 90-yillarning oxirida kelgan. 2000-yilda Fotih Terim boshchiligidagi „Galatasaroy“ finalda Londonning „ Arsenal“ jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, UEFA kubogini qoʻlga kiritdi, keyin esa UEFA Superkubogida „Real Madrid“ni magʻlub etgan. Shu tariqa klub Yevropa turnirlarida gʻolib chiqqan ilk turk jamoasiga aylanadi.

2013-yilning qishida klub Uesli Sneyder va Dide Drogba kabi yulfuzlarni oʻz safiga qoʻshib oladi. 2012—2013 yilgi mavsumda „Galatasaroy“ Chempionlar ligasining chorak finali bosqichiga qadar yetib boradi.

2022-yil klub tarixidagi eng omadis yil boʻlib qoldi. Galatasaroy Turkiya Superligasida 13-oʻrinda mavsumni yakunlagan edi. Mavsum davomida 5 yillik ish faoliyatidan soʻng Fotix Terim istefoga chiqarildi va uning oʻrniga Domenek Torren yangi murabbiy etib tayinlandi.

Stadion

Galatasaroyning uy stadioni Turkiyaning Istanbul shahri Sisli tumanida joylashgan zamonaviy koʻp funksiyali Türk Telekom Arena hisoblanadi. Arena oʻz bagʻriga 52 650 kishini sigʻdira oladi. Qurilish qiymati 128 million yevroni tashkil etadiProekt Tyurk Telekom areni }. Türk Telekom Arena stadionining tantanali ochilish marosimi 2011-yilning 15-yanvarida „Galatasaroy“ va „Ayaks“ futbol klublari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi bilan boʻlib oʻtdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan ediMatch otkritiya .

„Galatasaroy“ning yangi arenadagi ilk rasmiy oʻyini „Sivasspor“ ga qarshi oʻyin boʻlib, mezbonlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlanganIstoriya stadiona Ali Sami Yen . 2011-yil 18-mart kuni Fenerbahche klubiga qarshi oʻyinda stadiondagi desibellarda oʻlchangan shovqin jahon rekordini oʻrnatgan. Shovqin 131,76 dB ni tashkil etib, Ginnesning rekordlar kitobiga sport arenalaridagi eng baland shovqin sifatida kiritilgan.

Klub ranglari va formasi Rasmiy klub ranglari RangPantonCMYKRang kodi1235C%0 M%30 Y%100 K%0#FCB514 yoki #FFB517201C%0 M%100 Y%65 K%34#A32638 yoki #B50043

Forma

DavrIshlab chiqaruvchiHomiy1977—1978 Mavjud emasVolvo/PeReJa1978—1979 Mavjud emas1979—1982 Telefunken1982—1983 MEBan1983—1985 Telefunken1985—1986 Adidas Denizcilik Bankası1986—1991 TürkBank1991—1992 Umbro ADEC Saat / Show TV1992—1995 Show TV1995—1997 Adidas VakıfBank1997—1998 Bank Ekspres1998—2000 Marshall Boya2000—2001 Telsim2001—2002 Lotto Aria2002—2004 Umbro2004—2005 Avea2005—2009 Adidas2009—2011 Turk Telekom2011—2014 Nike2014—2015 Huawei2016—2019 Turk Telekom2019—2020 Terra Pizza2020—2024 Sixt

Klub rekorchilari +№OʻyinchiOʻyinlar soni№OʻyinchiOʻyinlar soni1 Byulent Korkmas58811 Inan Selchuk3312 Hoqon Shukur53912 Ayxan Akman3283 Arif Erdem48513 Hoqon Unsal3144 Sabri Sario'g'lu47914 Okan Buruk3065 Fernando Muslera46015 Ugur Tyutyuneker2606 Ergyun Penbe42816 Arda Turan2407 Tugay Kerimo'glu38717 Farid Mondragon2388 Xasan Shash35418 Umit Karan2389 Kaya Suat34519 Umit Davala22710 Hoqon Bolta33420 Kaya Semix211

Toʻpurarlar +№OʻyinchiGollar soniOʻyinlar soni1 Hoqon Shukur2885392 Erdem Arif1334853 Cholak Tanju1321464 Umit Karan982385 Burak Yilmas821416 Georgi Haji721927 Atesh Nejati661408 Metin Oktay61739 Milan Barosh6111610 Inan Selchuk59331 Murabbiylar natijalari Turkiya Superligasi chempionlari (21) Mavsum Murabbiy 1961/62 Qilich Gyunduz 1962/63 Qilich Gyunduz 1968/69 Toma Kaleperovich 1970/71 Berch Brayan 1971/72 Berch Brayan 1972/73 Berch Brayan 1986/87 Yupp Derval 1987/88 Yupp Derval 1992/93 Karl Ferldkamp 1993/94 Rayner Xolmann 1996/97 Fotih Terim 1997/98 Fotih Terim 1998/99 Fotih Terim 1999/00 Fotih Terim 2001/02 Mircha Luchesku 2005/06 Erik Gerets 2007/08 Jevat Gyuller 2011/12 Fotih Terim 2012/13 Fotih Terim 2014/15 Xamza Xamzao'g'lu 2017/18 Fotih Terim 2018/19 Fotih Terim2022/23 Okan Buruk

Turkiya kubogi sohiblari (17) Mavsum Murabbiy 1963 Qilich Gyunduz 1964 Qilich Gyunduz 1965 Qilich Gyunduz 1966 Qilich Gyunduz 1973 Berch Brayan 1976 Fetxi Demirkan 1982 Berch Brayan 1985 Yupp Derval 1991 Xeld Zigfrid 1993 Karl Feldkamp 1996 СSunnes Grem 1999 Fotix Terim 2000 Fotix Terim 2005 Georgi Haji 2014 Roberto Manchini 2015 Xamza Xamzao'g'lu 2016 Yan Olde 2019 Fotix Terim

UEFA kubogi chempioni(1) Mavsum Murabbiy 2000 Fotix Terim

UEFA Superkubogi sohiblari (1) Mavsum Murabbiy 2000 Mircha Luchesku

Manbalar

Havolalar

ultrAslan Supporters' Group

Turkum:Turkiya futbol klublari Turkum:1905-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib chiqqan klublar Turkum:UEFA Superkubogini qoʻlga kiritgan klublar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari