Quvondiq Sanaqulovich Sanaqulov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi. „Navoiy kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi-bosh direktori.

Tarjimai holi 1957-yil 12-iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan.

Maʼlumoti — oliy, 1979-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-metallurg mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1981—1989 — Jizzax viloyati Marjonbuloq oltin konida usta, katta usta, bosh texnolog, bosh muhandis, Jizzax viloyati Chegaralangan konlar boshqarmasi texnik koʻrik boʻlimi ustasi, Marjon konining bosh muhandisi, Jizzax viloyati oltin ishlab chiqarish fabrikasi boshligʻi.

1989—1992 — „Oʻzbekoltin“ ishlab chiqarish birlashmasida bosh boyituvchi, bosh muhandis.

1992—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Rangli va noyob metallar davlat qoʻmitasi metallurgiya boʻlimi bosh muhandisi, boʻlim boshligʻi.

1994—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Industrial rivojlanish kompleksi yetakchi mutaxassisi.

1997—1999 — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimi.

1999—2003 — „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ ochiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish masalalari boʻyicha direktori.

2003—2007 — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi.

2007—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.

2008-yildan — „Navoiy kon-metallurgiya kombinati“ davlat korxonasi bosh direktori.

2010-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi.

2012-yildan — Oʻzbekiston suzish federatsiyasi Prezidenti.

2014-yildan 2022-yilgacha — Navoiy konchilik instituti rektorihttps://m.kun.uz/news/2022/06/18/ozbekiston-qahramoni-quvondiq-sanoqulov-navoiy-davlat-konchilik-instituti-rektori-lavozimidan-ozod-etildi.

Mukofotlari 2001-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 10 yil“ esdalik nishoni berilgan.

2004-yilda Doʻstlik ordeni berilgan.

2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni bilan mukofotlangan.

2009-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ faxriy unvoni berilgan.

2015-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilganSenat.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotini olgan.

2026-yil 22-avgustda Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.

Yana qarang Mirabror Usmonov Alisher Sultonov Gʻulomjon Ibragimov

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston qozoqlari