Robaxon Anvarovna Mahmudova (; 1958-yil, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik huquqshunos, sudya va senator. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylangan. 2020-yil 13-iyuldan boshlab u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari — maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlar kollegiyasining raisi lavozimini egallab kelgan. 2023-yil 21-may kunidan boshlab Robaxon Mahmudova Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlik sayloviga oʻz nomzodini qoʻyganidan keyin, uning sudlar kollegiyasi raisi lavozimi vaqtincha toʻxtatilgan. 2024-yil 20-yanvardan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi raisi etib saylangan.
Biografiyasi Robaxon Mahmudova 1958-yil Fargʻona viloyatida tavallud topgan. 1983-yilda Toshkent davlat universitetining Huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. U Fargʻona viloyati Jinoyat ishlari boʻyicha sudining raisi boʻlib ishlaganhttps://centrasia.org/person2.php?st=1220126007. 2008-yil 29-avgustgacha u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan. 2017-yildan 2020-yilgacha u Oʻzbekiston Prezidentining Fargʻona viloyatidagi Xalq qabulxonalari rahbari sifatida ishlaganhttps://uz.sputniknews.ru/20200122/Stali-izvestny-imena-predsedateley-Komitetov-nizhney-palaty-parlamenta-13281845.html.
2020-yil yanvar oyida u IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senatori va Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisi etib saylandihttps://www.gazeta.uz/ru/2020/01/21/heads/. 2020-yil 13-iyulda O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Robaxon Mahmudovani 10-yil muddatga Oʻzbekiston Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari etib sayladi, shuningdek uni Fan,Taʼlim va sogʻliq boʻyicha qoʻmita raisi lavozimidan ozod qildihttps://www.gazeta.uz/ru/2020/07/12/makhmudova/. 2024-yil 20-yanvardan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi raisi etib saylangan.
Mukofotlar 2020-yil 6-martda Oʻzbekiston Prezidenti farmoni bilan Shavkat Mirziyoyev „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlandihttps://centrasia.org/person2.php?st=1220126007.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston senatorlari