thumb|250x250px| Keizerstraat masjidi Surinamda islomga bu mamlakat aholisining taxminan 13,9 foizi eʼtiqod qiladi. thumb|251x251px| Surinamdagi birinchi masjid

Tarixi Afsonaga koʻra, Surinamdagi birinchi musulmonlar XVI asrda yevropalik mustamlakachilar tomonidan olib kelingan afrikalik qullar boʻlib, ular keyinchalik nasroniylikni qabul qilganlar. Biroq, Surinamda musulmonlarning paydo boʻlishi haqida aniq faktga koʻra 1873-yilda islom kirib kelgan. Bular Hindiston, Pokiston va Afgʻonistondan Surinamga ishlash uchun taklif qilingan yollanma ishchilar edi. 1890-yilda Yava orolidan Indoneziya musulmonlarining koʻchishi boshlandi. Afro-musulmonlar jamoasi ham vujudga keldi va rivojlandi. XX asrda Yaqin Sharqdan Surinamga asosan Suriya, Livan va Falastindan koʻchib kelgan oz sonli muhojirlar paydo boʻldi.

Raqamlar Musulmonlar Surinamdagi uchinchi yirik diniy guruhdir. 2012-yilgi rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Surinam musulmonlari mamlakat umumiy aholisining qariyb 13,9 foizini tashkil qiladi, bu Janubiy Amerika qitʼasidagi musulmonlarning eng yuqori koʻrsatkichidir. Shunga oʻxshash raqam Pew Research Center hisobotida ham keltirilgan. Osiyo musulmonlarining koʻpchiligi hanafiy mazhabidagi sunniylar, shuningdek, oz sonli shia va ahmadiylar ham bor. Surinamdagi Ahmadiya jamoati Keizerstraat masjidiga egalik qiladi.

Surinam musulmonlari faol fuqarolik pozitsiyasini egallaydilar, ular Surinam islom uyushmasini tuzdilar, musulmonlar Surinamning progressiv islohotlar partiyasi kabi bir qator siyosiy partiyalarda ham vakillik qiladilar.

Yil Muslim Population in the Americas: 1950 — 2020 page 7 Surinam (aholisi) Musulmon aholi Ulush (%) 1964 324,893 63,809 19.6 % 1971 379,607 74,170 19.5 % 1980 355,240 69,713 19.6 % 2004 492,829 66,307 13.5 % 2012 541,638 75,053 13.9 %

Qiziqarli faktlar Faqat Surinam (1996-yildan) va Gayana (1998-yildan) Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar boʻlgan Amerikadan ikkita davlatdir.

Surinamda tuzilgan birinchi partiya 1946-yilda tuzilgan Musulmonlar partiyasi edi. 1949-yilda boshqa ikki partiya bilan birlashib, ular Surinamning progressiv islohotlar partiyasini tuzdilar. Mashhur musulmonlar Rashied Doekhi, siyosatchi Paul Somohardjo, siyosatchi

Manbalar

Turkum:Davlatlarga koʻra islom