Onur Recep Kivrak (1988-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan. U 2019-yil yanvar oyida professional futboldagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qilishidan oldin „Trabzonspor“da oʻynagan

Garchi u daʼvo qilmasa ham, u turk futboli muhitida „Kelebek“(Kapalak) nomi bilan tanilgan.

Klubdagi faoliyati Kivrak 2008-yilning 15-yanvarida „Trabzonspor“ bilan shartnoma imzolagan. 2013-yilning 6-dekabrida Kivrak 2,5 million yevro yillik maosh bilan shartnomasini uzaytirgan va 2017-18-yilgi mavsum oxirigacha klubda qolgan.

2014-yilning 2-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida Varshavaning "Legiya "siga qarshi oʻyinda Kivrak chap tizzasidagi xoch boylamlari yirtilishi tufayli jarohat olgan. Jarohatdan 15 kun oʻtgach, Kivrak tizzasidan operatsiya qilingan va 2014-15-yilgi mavsumining qolgan qismida safdan chiqgan. U 2015-yil 8-may kuni mashgʻulotlarga qaytgan.

Trabzonspor va Kivrak oʻrtasidagi shartnoma 2019-yil 7-yanvarda oʻzaro bekor qilingan. Kivrak Trabzondagi mahalliy matbuotga 2019-yil 9-yanvarda professional futbol faoliyatini yakunlashini maʼlum qilgan. U mahalliy gazetaga bergan intervyusida Izmirga koʻchib oʻtishini va hech qachon Trabzonga qaytmasligini tilga olgan. U 2019-yil qishki transfer oynasida Izmirning mahalliy klublari Altay SK va Karşıyaka SK bilan bogʻlangan.

Xalqaro faoliyati Onur Turkiya terma jamoasida debyutini 2010-yilning 26-mayida Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:0) oʻtkazgan. Onur U-16, U-17, U-18, U-19 va U-21 toifasida yoshlar terma jamoalarida oʻynagan.

Yevro-2016 uchun Turkiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

Statistika

Klub +KlubMavsumLigaKubokBoshqaQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolKarşıyaka S.K.2004-05TFF Ikkinchi Liga1000——102005-0616000——1602006-07TFF Birinchi Liga2000——202007-0815000——150Total340000000340Trabzonspor2007-08Süper Lig30100000402008-0900200000202009-101908000002702010-112501010202902011-1200200010302012-133004000203602013-1432000001404602014-1540000040802015-162003000302602016-173200000003202017-182600000002602018-19120000000120Jami2030210102602510Karyerada jami2370210102602850

Xalqaro Milliy terma jamoa MavsumOʻyin Gol Turkiya 2010 3 0 2011 - 2012 1 0 2013 3 0 2014 5 0 2015 - 2016 - 2017 1 0 Jami 13 0

Yutuqlar

Trabzonspor

Turkiya kubogi (1): 2009-10 Turkiya Superkubogi (1): 2010-yil

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar