Otabek Shamuradov (; 1974-yil 21-iyulda tugʻilgan) – oʻzbek futboli yarim himoyachisi, 2000-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi safida toʻp surgan. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida ham oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati 1998-yilgi mavsumda „Surxon“ (Termiz) klubida Oʻzbekiston oliy divizionida debyut qilgan. Surxon jamoasitarkibida keyinchalik ikki mavsum davomida oʻynagan. 2000-yilda mamlakatning oʻsha davrdagi eng kuchli klublaridan biri – „Neftchi“ (Fargʻona) klubiga oʻtib, ikki yarim yil uning jamoasida toʻp surgan va shu vaqt ichida Oʻzbekiston chempioni va kumush medali sovrindori boʻlgan. 2002-yilning yozida „Surxon“ klubiga qaygan va ikki mavsum davomida Termiz jamoasi tarkibida oʻynagan.
Keyinchalik Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ va „Samarqand-Dinamo“ jamoalari safida ham oʻynagan. Faoliyatini yakunlagashidam avval Shoʻrchi tumanining"Shoʻrchi" safida birinchi ligada oʻynagan. Otabek Oʻzbekiston oliy divizionida jami 205 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol muallifi boʻlgan.
Milliy terma jamoa Otabek 2000-yilning 1-sentyabrida Iroq terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan. 2000-yil oktyabr oyida Livanda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etib, guruh bosqichidan chiqa olmagan jamoasining uchta oʻyinida ham maydonga tushgan. Hammasi boʻlib 2000—2001-yillarda terma jamoa safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston chempioni : 2001 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2000 Oʻzbekiston kubogi finalchisi : 2000/2001
Shaxsiy hayoti Ukasi Ilhom (1984-yil) va jiyani Eldor (1995-yil) ham futbolchiOtabek Shomurodov: „Eldorning futbolga qiziqishiga oilaviy muhit sabab boʻlgan“.
Otabekning Oybek va Ogʻabek ismli oʻgʻillari bor, ular ham futbolchiOtabek Shomurodov: "Eldor „Roma“da nega zaxiradan maydonga tushayotganini Mourinyudan soʻrash kerak".
Manbalar
Havolalar
Otabek Shamuradov at National-Football-Teams.com Otabek Shamuradov
Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Shoʻrchi-Lochin futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar