Roʻzixon Joʻrayeva (1931-yil, Marhamat tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – ?) – pillakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966), KPSS aʼzosi (1967).

Tarjimayi holi Roʻzixon Joʻrayeva 1931-yili Marhamat tumanida tavallud topgan. 1949—1969-yillarda Marhamat (sobiq Moskva) tumanidagi „Qizil Yulduz“ kolxozida ipak qurti boqish bilan shugʻullangan. 1969-yildan shu kolxozning paxtachilik brigadasi boshligʻi boʻlib ishlagan. 3,5 quti qurt urugʻining har qaysisidan davlatga 117 kilogramm aʼlo sifatli pilla topshirgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1931-yilda tugʻilganlar