Idgay Borisovich Tazetdinov (1933-yilning 13-yanvarida Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan – 1979-yilning 11-avgustida Dneprodzerjinsk, Dnepropetrovsk viloyatida vafot etgan) – sovet futbolchisi va yarimhimoyachisi. SSSR sport ustasi (1962-yil), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1977-yil).
Futbolchilik faoliyati Idgay Borisovich Tazetdinov futbolchilik faoliyatini dastlab Toshkentning „Medik“ bolalar jamoasida, keyinchalik esa „Mehnat“ klubida boshlagan. 1953-1955-yillarda Toshkentning „Spartak“ jamoasining „B“ toifasida oʻynagan. 1956-yildan „Paxtakor“da faoliyatini davom ettirgan. Toʻrt yil davomida „B“ toifasida 108 ta oʻyin oʻtkazgan, ushbu oʻyinlarda 21 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. 1958-yildan – jamoa sardori hisoblangan. 1960-1963-yillarda „A“ klasida 94 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan; 1964-1965-yillarda "Poliotdel" jamoasida oʻyinchi murabbiy; 1969-yilgacha „Poliotdel“da murabbiy boʻlib ishlagan.
Murabbiylik faoliyati Tazetdinov shuningdek, „Yangiyer“ (1971-1972-yillar), „Andijon“ (1973-yil) va „Yangiariq“ (1974-yil) klublari katta murabbiy hamda Yangiyer jamoasi rahbari (1976-yil) sifatida faoliyat koʻrsatgan.
1977-yildan esa „Paxtakor“ murabbiyi sifatida ishlay boshlagan.
Idgay Tazetdinov 1979-yilning 11-avgustida jamoasi bilan Dneprodzerjinsk osmonida aviahalokatga uchragan.
Mashhur futbolchi Toshkentdagi birinchi shahar qabristoniga dafn etilgan.
Idgay Tazetdinov: Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida 1956-yil SSSR xalqlari Spartakiadasining futbol turniri ishtirokchisi. 1979-yildagi SSSR xalqlari Spartakiadasining futbol turnirida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi murabbiyi: FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki hisoblangan. Turmush oʻrtogʻi – Alla Sergeyevna Shulepina-Tazetdinova, „Kino aktyori“ ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi rahbari vazifasida ishlagan .
Manbalar
Havolalar Tazetdinov Idgay Borisovich (1933.13.I −1979.11.VIII)
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Mehnat zahiralari klubi futbolchilari Turkum:Spartak Toshkent futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Xonqa klubi murabbiylari Turkum:Doʻstlik Toshkent viloyati klubi bosh murabbiylari Turkum:Yangiyer futbol klubi murabbiylari Turkum:Andijon futbol klubi murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Dneprodzerjinsk osmonida 1979-yil 11-avgustda aviahalokatda halok boʻlganlar