thumb|363x363px Ilhom Azizaga ogli Zakiyev (; 1980-yil 3-mart, Sumgait ) — Ozarbayjonlik paralimpiya-dzyudochisi, 100 kilogramm va undan ortiq vazn toifasida va B1 ko‘zi ojizlar toifasida (umuman ko‘zi ojizlik) bellashadi, besh marta Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, ikki karra Paralimpiya chempioni (2004—2008-yillarda), 2012—2020-yillardagi Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori, jahon chempioni (2007) va Jahon o‘yinlari g‘olibi (2010), shaxsiy bahslarda sakkiz karra Yevropa chempioni ( 2005, 2007, 2009, 2011, 2013, 2015, 2017, 2022), 2015-yil I Yevropa o‘yinlari chempioni, umumjamoa hisobida Yevropa chempioni (2019), Ozarbayjon Milliy Paralimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti, Ozarbayjonda dzyudo bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, yettinchi dan sohibi.
Ikki marta “Shuhrat”, “Vatanga xizmatlari uchun” 1 va 3-darajali ordenlari va “Taraqqiyot” medali bilan taqdirlangan. U 2008-yil Pekindagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari , 2012-yilgi London va 2016-yilgi Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlarning ochilish marosimida Ozarbayjon terma jamoasining bayroqdori bo‘lgan. O‘z uyida Ilhom Zakiyevni qahramon deb bilishadi. Armiyada xizmat vazifasini o‘tayotganda boshidan o‘q yeb, ko‘r bo‘lib qolganidan so‘ng dzyudo bilan jiddiy shug‘ullana boshlaydi .
Tarjimai hol
Bolalik va o‘smirlik Ilhom Zakiyev 1980-yil 3-martda Ozarbayjon SSR Sumg‘ayit shahrida ishchi Azizog‘a Zakiyev oilasida dunyoga keladi. Ilhomning uchta akasi va bir opasi bor, ularning kenjasi Ilhom bo‘ladi. O‘rta ta’limni Sumg‘ayit shahridagi 5-maktabda oladi. Fikret Zakiyev Ilhomdan uch yosh katta akasi kurashchi. Uning say’-harakati bilan Ilhom ham sportga qiziqa boshlaydi . link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f2/Ahmeddin_Rajabli_at_2008_Summer_Paralympics.jpg/250px-Ahmeddin_Rajabli_at_2008_Summer_Paralympics.jpg|left|thumb|250x250px| Ahmaddin Rajabli, uning rahbarligida Zakiyev dzyudo bilan shug‘ullana boshlagan va keyinchalik ikki marta Paralimpiya chempioni bo‘lgan Ilhom 15 yoshidan boshlab, 1981—1989-yillarda Ozarbayjon SSR dzyudo terma jamoasini boshqargan respublikada xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ahmeddin Rajabli qo‘l ostida Mehdi Husaynzoda nomidagi Sumg‘ayit stadionida dzyudo bilan shug‘ullana boshladi. Qisqa vaqt ichida Ilhom muvaffaqiyatga erisha boshladi, Sumg‘ait chempioni, dzyudo bo‘yicha Ozarbayjon yoshlar chempionati g‘olibi va sambo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempioni bo‘ladi .
1998-yilda bo‘lajak og‘ir vaznli-dzyudochi Ilhom Zakiyev Butunjahon o‘smirlar o‘yinlariga Moskvaga borishi kerak edi, ammo uni musobaqaga olishmadi va shundan keyin u armiyaga jo‘naydi.
Harbiy xizmat. Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish Ilhom uchun armiyada xizmat qilishdan oldin so‘nggi musobaqa 1998-yilda bo‘lib o‘tgan, o‘sha mahalda u iyunda dzyudo bo‘yicha mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan . Xuddi shu yilning 2-iyulida Ozarbayjon Respublikasi qurolli kuchlari safiga xizmat qilish uchun jo‘nab ketadi. Xizmat Fizuli viloyatida, Armaniston va Ozarbayjon qurolli kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Murabbiyning aytishicha, Ilhom Zakiyevni hamkasblari alohida hurmat qilishgan, rahbariyat ham ulardan mamnun edi. Jismoniy jihatdan u tengdoshlaridan ajralib turardi. Shu bois u chegarachilar safiga yoziladi .
1999-yil 9-fevralda Fuzuli tumani Ashagi Abdurahmonli qishlog‘ida jangovar topshiriqni bajarayotib, Zakiyev boshidan og‘ir yaralanadi; arman snayperining o‘qi chap Quloqdan peshonagacha miya suyagining bir qismiga kirib, o‘ng tomondan chiqadi. Besh kun davomida Zakiyev komada yotadi. Uning tirik qolishiga umid yo‘q edi, lekin beshinchi kuni Zakiyev onasining chaqirayotgan ovozini eshitib, tuman kasalxonasida uyg‘onadi. Biroq, u ko‘zini ochganda, u hech narsani ko‘rmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Zakiyev ko‘r bo‘lib qolgan edi.
Shifokorlarning fikricha, Zakiyevning bunday jarohatdan so‘ng tirik qolgani moʻjizadir. Qorabog‘lik birinchi guruh nogiron bo‘lib uyiga qaytadi .
Katta sportga qaytishi va kelgusi sport faoliyati
2000-yil link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b1/Ilham_Zakiyev_at_2004_Paralympics.JPG/190px-Ilham_Zakiyev_at_2004_Paralympics.JPG|thumb|286x286px| Zakiyev 2004-yil Afinadagi Paralimpiya o‘yinlari taqdirlash marosimida 2002-yilning noyabrida Zakiyev o‘zining sobiq murabbiyi Ahmeddin Rajabli qo‘lida mashg‘ulotlarni qayta boshladi. U 2003-yilda Kanadaning Kvebek shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi sportchilar o‘rtasidagi II Butunjahon o‘yinlarida ishtirok etishi kerak edi. Ushbu musobaqaning ahamiyati 2004-yilgi Paralimpiya o‘yinlariga llanmani qo‘l ga kiritish imkonini berishi kerak edi. Ushbu jahon chempionati Ilhom Zakiyev uchun ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lganidan keyingi ilk musobaqa bo‘ldi. Zakiyevning ham tayyorgarligi unchalik yuqori emasdi. Shunga qaramay, Ilhom o‘yinlarda bronza medalini qo‘lga kiritib, faqat yarim finalda kubalik Rafayel Torres Pompega imkoniyatni qo‘ldan boy beradi va Afinadagi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Ilhom Zakiyev 2004-yilgi Paralimpiya o‘yinlarida Ozarbayjon sharafini himoya qilgan yagona dzyudochi edi. Kvebekdagi chiqishlaridan buyon Zakiyevning murabbiyi Ahmaddin Rajabli o‘z shogirdi vaznini 107 kilogrammdan 118 kilogrammgacha ko‘taradi. Rossiyaning Ano Liosia Olimpiya zalida dzyudo bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Musobaqadagi birinchi to‘qnashuv kubalik sportchi bilan bo‘lib o‘tadi va Zakiyev Kvebekda mag‘lub bo‘ladi. Biroq Gresiyada Ilhom bor-yo‘g‘i 1 daqiqa-yu 40 soniyada g‘alaba qozonadi. Yarim finalda esa u ispaniyalik sportchini 37 soniyada mag‘lub etadi. Finalda Zakiyev Buyuk Britaniyadan kelgan sportchini 1 daqiqa 2 soniyada ippon uloqtirishda mag‘lub qiladi. Shu tariqa Ilhom Zakiyev Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ladi .
Oradan bir yil o‘tib, Gollandiyaning Vlaardingen shahrida Ilhom Zakiyev finalda fransiyalik dzyudochi Juliyen Turinni mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa chempioni bo‘ladi, 2006-yili Fransiyaning Bromma shahridagi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ladi. umumjamoa hisobida (shaxsiy bahsda u startda kubalik Ximenesga, taskin beruvchi bahsda esa fransuz Turinga imkoniyatni boy berib qo‘yadi). 2007-yilda Bokuda bo‘lib o‘tgan lisenziyalangan Uvropa chempionatida Zakiyev ikki karra Yevropa chempioni bo‘ladi. Ayna shu yili Braziliyadagi Butunjahon o‘yinlari g‘olibi bo‘ladi . Zakiyevning Braziliyadagi birinchi raqibi xitoylik Van Sun bo‘lib, u o‘tgan yilgi jahon chempionatida jamoaviy chempionatda Zakiyevni mag‘lub etgandi. Ilhom uni bu safar va muddatidan oldin uni yengdi. Ikkinchi jangda Zakiyevga Yevropa chempionati finalida ikki marta yutqizgan fransuz Juliyen Torin raqiblik qiladi. Braziliyada chorak final bosqichida Zakiyev yana kuchli ekanligini isbotladi. Keyin u ilgari to‘qnashmagan amerikalik Greg Duval bilan olishuvi kutilgandi, ammo Duval Zakiyevning kurash uslubini bilar edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Zakiyev uchun u bilan oldingi ikki raqibga qaraganda qiyinroq bo‘lgan, ammo bahs yakunida ippon bilan ozarbayjonlik sportchi foydasiga hal etiladi. Nihoyat, finalda Zakiyevning raqibi kubalik Yangalini Ximenes tushadi, u Zakiyevni so‘nggi jahon chempionatida mag‘lub etgan va haqiqatan ham revansh olishni istagandi. Va u bu muvaffaqiyatga erishadi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4b/Ilham_Zakiyev_at_2008_Paralympics_3.jpg/300px-Ilham_Zakiyev_at_2008_Paralympics_3.jpg|left|thumb|300x300px| Ilhom Zakiyev 2008-yiligi Pekin Paralimpiadasida 2008-yilda Zakiyev Pekinda o‘tkazilgan ikkinchi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. 100 va undan ortiq kilogramm vazn toifasida chiqqan Ilhom o‘z bahslarini dastlab fransiyalik Juliyen Turinni atigi besh soniyada ippon bilan mag‘lub etishdan boshladi. Bu esa unga yarim final chiqish yo‘lini ochib beradi va u Koreya Respublikasi vakili Pak Jun Minni bir zumda mag‘lub etadi. Nihoyat, finalda Ilhom Zakiyev mahalliy, xitoylik dzyudochi Van Sun ustidan g‘alaba qozonib, Paralimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritadi. Shunday qilib, Ilhom Zakiyev ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘ladi .
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 2008-yil 5-fevraldagi farmoni bilan Ilhom Zakiyevga 2002-yilda maxsus ta’sis etilgan Olimpiya stipendiyasi beriladi. O‘sha yilning 25-dekabrida Ozarbayjon sportini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Ilhom Zakiyev Prezident farmoni bilan “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlanadi .
2009-yilda Ilhom Zakiyev Debresenda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida g‘olib bo‘ladi. Shu bilan u uch karra Yevropa chempioniga aylanadi. Aynan shu yili u xizmat ko‘rsatgan sport ustasi unvonini ham oladi.
2010-yil link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c4/IlhamZakiyev-VladimirBarta.jpg/280px-IlhamZakiyev-VladimirBarta.jpg|thumb|280x280px| Xalqaro dzyudo federasiyasining sport ishlari bo‘yicha bosh direktori Vladimir Barta Ilhom Zakiyevga beshinchi danlik diplomini topshiradi. 2011-yil 7-may, Boku 2010-yil yanvar oyida Zakiyev Geydelbergdagi Germaniya ochiq chempionatida g‘alaba qozonadi . Aynan shu yili Turkiyaning Antaliya shahrida Ilhom Zakiyev jahon chempioni bo‘ladi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/dc/Ilham_Zakiyev_at_the_2012_Summer_Paralympics_5.jpg/300px-Ilham_Zakiyev_at_the_2012_Summer_Paralympics_5.jpg|left|thumb|300x300px| Zakiyev kanadalik Toni Uolbi bilan tasalli bahsida 2012-yilgi London Paralimpiya o‘yinlarida 2011-yilda xuddi shu Antaliyada bo‘lib o‘tgan Jahon o‘yinlarida Zakiyev 2012-yilgi Paralimpiya o‘yinlariga lisenziya ochkolarini qo‘lga kiritib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
2011-yil may oyida Bokudagi Gran-prining ikkinchi kunida Xalqaro dzyudo federasiyasining sport bo‘yicha bosh direktori Vladimir Barta Ilhom Zakiyevga beshinchi dan diplomini topshiradi .
Mazkur yilning 19-noyabrida Zakiyev 2012-yilgi Paralimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma ochkolarini qo‘lga kiritib, Yevropa chempioni bo‘ladi. 2012-yil may oyida Haydar Aliyev nomidagi jamg‘arma faoliyatining 8 yilligi munosabati bilan Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Ilhom Zakiyev Haydar Aliyev markazi tomonidan ta’sis etilgan “Qizil chinor” mukofoti bilan taqdirlanadi.
1-sentabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida Ilhom chorak finalda yaponiyalik Kento Masakiga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa-da, kanadalik Toni Uolbi va braziliyalik Villans Silvalar ustidan tasalli bahslarida g‘alaba qozonib, bronza medalini qo‘lga kiritadi. Xuddi shu yili Ozarbayjon Prezidentining 14-sentabrdagi farmoni bilan Zakiyev “Taraqqiyot” medali bilan taqdirlanadi .
2013-yilning 5-may kuni Bokudagi “Katta dubulg‘a” turnirida Vladimir Barta Ilhom Zakiyevga oltinchi dan diplomini topshiradi .
2013-yil 5-dekabrda Zakiyev Vengriyaning Eger shahridagi Yevropa chempionatida g‘olib chiqadi va shu tariqa besh karra Yevropa chempioni bo‘ladi .
2014-yil aprel oyida dzyudo paralimpiya sporti 2015-yilda Bokuda bo‘lib o‘tadigan 1-Yevropa o‘yinlari dasturiga kiritilgani ma’lum bo‘ladi. Ushbu o‘yinlarda Ilhom Zakiyev Ozarbayjon sharafini himoya qiladi.
2015-yilning 4-martida oʻyinlar boshlanishidan oldingi 100 kunni ortga hisoblash startiga bagʻishlangan Yevropa o‘yinlari medallari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda kurash bo‘yicha Olimpiya chempioni Namiq Abdullayev va o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari sovrindori Teymur Mammadov bilan birga Ilhom Zakiyev ham ishtirok etdi.
2014-yil sentabr oyida Ilhom Zakiyev Kolorado Springsda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Chorak finalda Kento Masakiga yutqazib, atigi 5-o‘rinni egalladi .