Andriy Valeriyovich Pyatov (; 1984-yil 28-iyunda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. U Ukraina Premyer ligasining Shakhtar Donetsk klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Artemida Kirovohrad Pyatov dastlabki faoliyatini Kirovohradda 15 yoshida, 2000-yilda Havaskorlar ligasi vakili Artemida havaskorlar klubida (sobiq mahalliy Artemida spirtli ichimliklar fabrikasi homiyligida) boshlaganAndriy Pyatov (Andrіy Pyatov). There are no trifles in football („Drіbnits u futbolі ne buvaє“). .

Vorskla-2 Poltava 2001-yilda Pyatov Poltavaga koʻchib oʻtdi va u yerda dastlab Vorskla Poltava oʻsmirlar jamoasiga va uning quyi ligadagi ikkinchi jamoasiga qoʻshildi. Poltavada u 5 mavsum oʻtkazdi. Pyatov professional darajadagi debyutini 2000—2001-yilgi mavsumda Vorskla-2 safida 2001-yilning 25-martida Romnyda Elektron Romny klubiga qarshi safardagi oʻyinida oʻtkazdi va bu oʻyinda jamoasi 1:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Vorskla Poltava Pyatov Vyshcha Liha (hozirgi Ukraina Premyer ligasi) vakili Vorskla jamoasidagi debyutini 2002—2003-yilgi mavsum oxirida, 2003-yil 18-iyunda oʻtkazdi, unda Vorskla Illichivets Mariupolga qarshi oʻyinini 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

Shakhtar Donetsk link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7d/ANDRIY_PYATOV_SHAKTHAR_DONESTK_-_JUVENTUS_0-1.jpg/200px-ANDRIY_PYATOV_SHAKTHAR_DONESTK_-_JUVENTUS_0-1.jpg|left|thumb|201x201px| Pyatov 2012-yilda Shakhtar Donetsk bilan Pyatov 2006-yilning 13-dekabrida Shakhtar tomonidan Vorskladan taxminan 880 ming funt sterlingga sotib olingandi. U 2006—2007-yilgi mavsumning qolgan qismini Vorskla Poltava klubida ijara asosida oʻtkazdi. 2007—2008-yilgi mavsumda Pyatov Shakhtar Donetsk klubining asosiy darvozaboni Bohdan Shustga almashtirildi. U liga, kubok hamda UEFA Chempionlar ligasi oʻyinlarida oʻynadi va ikki marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 2008—2009-yilgi mavsumda Pyatov darvozabon sifatida oʻyinlarda 1-tanlov boʻlish uchun jiddiy raqobatga kirishdi, chunki Shakhtar Bohdan Shustni ijaraga oldi, shu bilan birga oʻzining eng yuqori muvaffaqiyatlariga erishayotgan FC Kharkivar darvozaboni Rustam Xudjamovni ham safiga qoʻshib oldi. Ammo Shakhtar FC Lvivga 2:0 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, Pyatov yana 1-tanlov darvozaboni oʻrnini egalladi. Chempionlar ligasining uyida Barcelonaga qarshi oʻyinida Pyatov 7 ta muhim himoyani amalga oshirdi, bu paytda Shakhtar 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq 85-daqiqada Lionel Messi uzatgan toʻpni Bojan Krkic osonlik bilan tepib, hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirdi. Bu oʻyinda Barcelona gʻalaba qozondi. Pyatov 2008—2009-yilgi UEFA kubogidagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng Shakhtardagi 1-raqamli oʻrnini mustahkamladi, buning natijasida Shakhtar finalga chiqdi va Dynamo Kyiv jamoasini birinchi marta yarim finalida magʻlub etdi. 2009-yil 1-noyabr kuni Chornomorets Odessa jamoasiga qarshi oʻyinda Pyatov Shakhtar safidagi 100-oʻyinini oʻtkazdi (ushbu oʻyinlar davomida 72 ta gol oʻtkazib yubordi) va bu oʻyinda „Oʻyinning eng yaxshi odami“ nominatsiyasida gʻalaba qozondi.

2015-yilda Pyatov toʻrtinchi penaltini toʻxtatib, yevrokuboklarda toʻxtatilgan penaltilar rekordini yangiladi, bu rekord avvalroq Shovkovskyiga tegishli edi.

Xalqaro faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/03/Andriy_Pyatov_20120611.jpg/240px-Andriy_Pyatov_20120611.jpg|right|thumb|240x240px| Pyatov Ukraina terma jamoasi safida Euro 2012 oʻyinida oʻynamoqda Pyatov 21 yoshgacha boʻlganlar Ukraina terma jamoasi aʼzosi boʻlib, u yerda 20 ta oʻyin oʻtkazgan. U, shuningdek, 2006-yilgi jahon chempionatida chorak finalga chiqqan Ukraina terma jamoasining tarkibida boʻlgan.

Pyatov 2007-yilda Ukraina terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻshandan beri u Ukraina terma jamoasi uchun 90 tadan ortiq oʻyin oʻtkazdi. Pyatov Lvovda boʻlib oʻtgan 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining Belarusga qarshi oʻyinida Ukrainaga 1:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Xorvatiyaga qarshi 0:0 hisobidagi durang oʻyinda Pyatov ikki marta Luka Modricning gollaridan darvozani himoya qilishda muhim rol oʻynadi va yana bir bor mamlakatiga ochko keltirdi. 2013-yil noyabr oyida Pyatov terma jamoa safida golsiz daqiqalar boʻyicha Oleksandr Shovkovskyining rekordini yangilab, yangi rekord oʻrnatdi.

2021-yilning may oyida, 2020—2021-yilgi mavsumda jamoasida kamroq rol oʻynaganiga qaramay, Pyatov UEFA Euro 2020 turniri uchun 26 kishilik yakuniy tarkibga kiritildi.

Pyatov 2022-yil 11-iyun kuni Armaniston ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan holda 102- va soʻnggi xalqaro oʻyinini oʻtkazdi.

Faoliyat statistikasi

Klub : +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokYevropaBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarArtemida Kirovohrad2000AAFU120---120Vorskla-2 Poltava2000—2001Druha Liha10---102001—2002160---1602002—2003150---1502003—2004220---2202004—200520---20Jami560---560Vorskla Poltava2002—2003Vyshcha Liha10---102003—2004-10--102004—200510---102005—200611010--1202006—200730010--310Jami43030--460Shakhtar Donetsk2007—2008Vyshcha Liha23040100103802008—2009Ukraina Premyer ligasi24030170-4402009—201027020110104102010—201129020100104202011—20121004000101502012—20132204080103502013—20141603060002702014—20151505080002802015—20161402080003202016—201728010100104002017—20183104080104402018—20192702080103802019—202023010120103702020—202140101010702021—202260104010120Jami299039013101104800Faoliyati jami410042013101105940

Xalqaro : Ukraina Yil Ishtirok Gollar 2007 4 0 2008 5 0 2009 8 0 2010 5 0 2011 2 0 2012 10 0 2013 12 0 2014 7 0 2015 8 0 2016 10 0 2017 8 0 2018 6 0 2019 8 0 2020 3 0 2021 5 0 2022 1 0 Jami 102 0

Yutuqlari Shakhtar Donetsk

Vyshcha Liha/Ukraina Premyer ligasi: 2007—2008, 2009—2010, 2010—2011, 2011—2012, 2012—2013, 2013—2014, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019, 2019—2020 Ukraina kubogi: 2007—2008, 2010—2011, 2011—2012, 2012—2013, 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019 Ukraina Super kubogi: 2008, 2010, 2012, 2013, 2014, 2015, 2017, 2021 UEFA kubogi: 2008—2009

Ukraina U21

21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni: 2006

Individual

Ukraina Premyer ligasining eng yaxshi darvozaboni: 2009—2010, 2013—2014, 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019 Ukraina Premyer ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 20102010 Komanda Award at UA-Football

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar