Romain Ghanem Paul Saïss (; ) 1990-yil 26-martda Fransiyaning Bur-de-Peyj shahrida tugʻilgan. Marokashlik futbolchi, „Beşiktaş“ klubi va Marokash terma jamoasi himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Romain Ghanem Paul Saïss oʻz faoliyatini „Olympique de Valence“ futbol klubida boshlagan. 2012-yilda Romain „Clermont Foot“ jamosiga oʻtdi. 28-yanvar kuni „Bastia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 2da debyut qildi. 30-mart kuni „Havre“ jamosiga qarshi kechgan bahsda Romain Ghanem Paul Saïss „Clermont Foot“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi. 2013-yilning yozida Romain Ghanem Paul Saïss „Havre“ jamosiga koʻchib oʻtdi. 2-avgust kuni „Arles-Avignon“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qildi. 2014-yilning 10-yanvarida „Mets“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Romain Ghanem Paul Saïss „Le Havre“ jamoasi safidagi birinchi golini urdi.

Xalqaro faoliyati 2012-yil 14-noyabrda Togoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Romain Ghanem Paul Saïss Marokash terma jamoasi safida debyut qildi. 2017-yilda Romain Ghanem Paul Saïss terma jamoa tarkibida Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika kubogida ishtirok etgan. Turnirda Romain Ghanem Paul Saïss Togo, Kot-d’Ivuar, Misr va Kongo DR jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Togoliklar bilan kechgan bahsda Romain Ghanem Paul Saïss terma jamoadagi ilk golini urdi.

2018-yilda Romain Ghanem Paul Saïss Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Romain Ghanem Paul Saïss Eron va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

2019-yilda Romain Ghanem Paul Saïss ikkinchi marta Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda Romain Ghanem Paul Saïss Namibiya, Kot-d’Ivuar, Janubiy Afrika va Beninga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2022-yilda Romain Ghanem Paul Saïss uchinchi marta Kamerunda boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Gana, Komor orollari, Gabon, Malavi va Misr terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOlympique de Valence2010—20116200—62Jami62000062Clermont Foot 632011—201217100—1712012—201331020—330Jami4812000501Clermont Foot II2012—201310——10Jami10000010Le Havre2013—201427110—2812014—201534220—362Jami6133000643Angers2015—201635220—372Jami3522000372Wolverhampton Wanderers F. C.2016—201724010—2502017—201842420—4442018—201919270—2622019—2020332201414932020—202127330—3032021—202231211—323Jami1761316114120615Umumiy karyerasida3272123114136423

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Marokashlik erkak futbolchilar