Xara Xtreme LX — hozigi kunda qoʻllab-quvvatlanishi toʻxtatilgan 2D vektor grafik muharriri. Xara Xtreme dasturi ochiq manba versiyasi sifatida ishlab chiqilgan. LX qisqartmasi Linuxda Xara Xtreme degan maʼnoni anglatadi.

Tarixi Dasturning birinchi versiyasi Linux uchun 2005-yil oktyabr oyida chiqarilgan. Xara Group Ltd bepul dasturiy taʼminot litsenziyasi GPL ostida qisqartirilgan versiyaning manba kodini chiqarishini eʼlon qilgan.

2006-yilda Fransiyaning Lion shahrida boʻlib oʻtgan Libre Graphics Meeting ochilishida Xara Linux uchun Xara Xtreme manba kodining koʻp qismini yangilangan veb-saytdan qanday yuklash mumkinligi haqida maʼlumot bergan. Linux uchun Xara Xtreme bosh sahifasiga koʻra, chiqarilgan manba kodi „Xara Xtreme manba kodining koʻp qismini“ oʻz ichiga olgan. Xaraning 0.3 beta seriyasi .xar fayl formatidan foydalanishga ruxsat bergan.

Dasturning oxirgi beta versiyasi 0.7 boʻlgan. Linux versiyasining rivojlanishi toʻxtab qolib, dastur veb sayti 2006-yil avgustidan boshlab yangilanishi toʻxtatilgan. Xara Group Ltd bosh direktori Charles Moir 2007-yil 15-fevralda dasturchining pochta roʻyxatida CDraw manba kodi nima uchun chiqarilmasligi haqida maʼlumot bergan.

2008-yil dekabr oyida yangi loyiha xarino yaratilgan. U loyihaning manba kodiga kirish imkonini bergan. Yangi pochta roʻyxati 2009-yil may oyida tashkil etilgan.

Foydalanuvchilar 2010-yil may oyida CDraw kutubxonasini ochiq manbali Cairo kutubxonasiga almashtirishgan.

GitHubda saqlanadigan test dasturlar XaraLx manba versiyasini oʻz ichiga oladi (oxirgi tahrirlar 2007-yilda amalgan oshirilgan).

Manbalar

Turkum:Vektor grafik muharrirlari Turkum:Erkin grafik dasturlar