Iran Mall () – Erondagi savdo markazi. Tehronning shimoli-gʻarbida Chitgar koʻli boʻyida joylashgan.

Koʻp maqsadli majmua maydonda va yetti qavatli qilib loyihalashtirilgan. Uning birinchi bosqichdagi infratuzilma maydoni boʻlib, barcha qurilish bosqichlari yakunlangach, bu koʻrsatkich ga yetadi.

Birinchi bosqich lik yirik ijaraga beriladigan maydon va 708 chakana savdo doʻkonlari bilan 2018-yil 1-mayda ochilgan.

Iran Mallning qurilishida 1200 dan ortiq pudratchi va 25 000 ishchi ishtirok etdi. Obyekt Ayandeh bankka tegishli. Bunday ulkan majmuani qurish gʻoyasi taniqli eronlik tadbirkor Ali Ansoriyga tegishli boʻlib, u Iran Mall qurilishining bosh direktori hisoblanadi.

Xalqaro mukofotlari va rekordlari Iran Mall 2015-yildan 2017-yilgacha uch yil davomida Mapic koʻrgazmasida qatnashgan va 2017-yilda RLI tomonidan savdo, madaniyat va koʻngilochar xizmatlar hajmi boʻyicha eng istiqbolli savdo markazi deb tan olinganhttps://trendzmena.com/building-a-shopping-mall-issue1/.

Guinness rekordlar kitobiga koʻra, Iran Mall uchun eng uzun uzluksiz beton quyish amalga oshirilgan. Bu rekord 2018-yilning 1—6-mart kunlarida erishilgan.

Diqqatga sazovor joylari Anʼanaviy bozor Iran Mallning anʼanaviy bozori Tabriz, Isfahon, Sheroz, Qazvin, Qum shaharlarining tarixiy bozorlari uslubida loyihalashtirilgan. Toʻplam tarixiy bozorlar va tegishli binolar kabi Eron meʼmorchiligining tarixiy naqshlari va usullari asosida loyihalashtirilgan va qurilgan.

Didar bogʻi Didar bogʻining tomi uzunlikda boʻlib, shishadan yasalgan hamda favvoralar va palma daraxtlari bilan bezatilgan.

Mahan bogʻi

Mahan bogʻi kenglikka va uzunlikka ega boʻlib, umumiy maydoni taxminan ni tashkil etadi. Besh qavatli binoning uch qavatini egallaydi, birinchi va ikkinchi qavatlar esa tijoriy avtoturargohdir.

Koʻzgu zali Iran Mallning Koʻzgu zali Guliston saroyidagi Koʻzgu zalidan ilhomlangan boʻlib, oynakori bezaklari bilan bezatilganhttps://www.atlasobscura.com/places/iran-mall.

Anʼanaviy ichimliklar doʻkoni Iran Mall anʼanaviy bozorining janubi-sharqiy tomonida maydon anʼanaviy ichimliklar doʻkoniga ajratilgan.

Kutubxona Iran Mall tarkibida Gundishopur akademiyasi sharafiga Gundishopur kutubxonasi deb ataladigan kutubxona mavjud.

Avtomobil saloni Avtomobil saloni Iran Mallning gʻarbiy qismida joylashgan.

Mehmonxona va Jahon savdo markazi

Iran Mall Hotel ushbu majmuaning eng katta qismlaridan biri hisoblanadi. Iran Mallning eng sharqiy qismida joylashgan bu ulkan va yorugʻ inshoot 18 qavatli va 300 dan ortiq xonalardan iborat. Mehmonxona qurilishining yakuniy bosqichida. Iran Mallning gʻarbiy qismida joylashgan bu minora yirik milliy va xalqaro kompaniyalar uchun tijorat va maʼmuriy binolar sifatida foydalanish uchun moʻljallangan.

COVID-19 pandemiyasida foydalanilishi 2020-yil 16-mart kuni Iran Mall birinchi marta COVID-19 pandemiyasi tufayli oʻzining barcha boʻlimlarini yopib qoʻydi va darhol COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun reabilitatsiya markazini tashkil etdi. Ushbu markaz atigi uch kun ichida 3 000 ta yotoq oʻrni bilan tashkil qilinib, ikki oy davomida faoliyat yuritdi.

2021-yil may oyida savdo markazining emlash markazi ishga tushirildi. U mamlakatdagi eng yirik emlash markazlaridan biriga aylangan boʻlib, kuniga 20 000 dozadan ortiq vaksina yuborish imkoniyatiga ega boʻldi va 2021-yil dekabrigacha faoliyat koʻrsatdi.

Manbalar

Turkum:Tehronning diqqatga sazovor joylari