Dominic Ayodele Solanke-Mitchell (; 1997-yil 14-sentyabrda Angliyada tugʻilgan) – ingliz futbolchisi, „Tottenham Hotspur“ va Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan. 2015-yil 9-yanvarda Dominic futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotini olgan.
Klub martaba Dominic Solanke 8 yoshgacha boʻlgan jamoadan boshlab „Chelsea“ tizimining barcha yosh toifalaridan oʻtdi. 2013/14-yilgi mavsumda u 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida ajoyib oʻyin koʻrsatdi va yigirma beshta oʻyinda yigirmata gol urdi. Jose Mourinho yosh hujumchining oʻyinini yuqori baholadi va 2014/15-yilgi mavsumda uni asosiy tarkib oʻyinlariga jalb qila boshladi. Dominicning debyuti 2014-yil 21-oktabrda UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi Mariborga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan.
2015-yilning 4-avgustida Dominic bir mavsumga ijara asosida Eredivizionning „Vitess“ klubiga oʻtdi. 23-avgust kuni u Erediviziyada debyut qildi, 3-turdan oʻrin olgan „Feyenoord“ga (0:2) qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi, 9 daqiqa maydonda oʻtkazdi. 30-avgust kuni Dominic Kamburga qarshi oʻyinda (4:1) 90-daqiqada „Vitess“ darvozasiga birinchi golni urdi.
2017-yilning 10-iyulida Solanke rasman „Liverpool“ futbolchisiga aylandi. Futbolchi klubga erkin agent sifatida qoʻshildi va mersisaydliklar klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Yangi klubida u 29-raqam ostida oʻynay boshladi.
2019-yilning 4-yanvarida Dominic Solanke 19 million funt sterling evaziga „Bournemouth“ ga oʻtdi. Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarChelsea2014–15Premyer-liga00000010—102016–17000000——00Jami00000010—10Vitesse (ijara)2015–16Eredivisie25710———267Liverpool2017–18Premyer-liga211101040—2712018–1900—0000—00Jami211101040—271Bournemouth2018–19Premyer-liga10000———1002019–203232120——3642020–21Championship40152010—2045152021–2246291011——48302022–23Premyer-liga3361110——3572023–2438191131——4221Jami199727382—2021677Tottenham Hotspur2024–25Premyer-liga2681042135—4415Career total2718810313418520314100
Terma jamoadagi statistikasi
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarAngliya201710202420Jami30
Yutuqlar Tottenham
UEFA Yevropa ligasi gʻolibi: 2024 – 2025
Liverpool
UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi: 2017-18
Bournemouth
EFL chempionatining ikkinchi sovrindori: 2021-22
Chelsea yoshlari
Angliya yoshlar kubogi: 2013-14, 2014-15
UEFA Yoshlar ligasi: 2014-15
Angliya U17
17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2014
Angliya U20
FIFA U-20 Jahon chempionati: 2017
Individual sovrinlari
17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasiga kiritilgan: 2014
17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari: 2014
UEFA Yoshlar ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2014-15
„Chelsi“ akademiyasining eng yaxshi futbolchisi: 2014-2015
Angliyaning eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2014
FIFA U-20 Jahon chempionatining oltin toʻpi: 2017
EFL chempionatining mavsumdagi eng yaxshi jamoasi: 2021-22
Yilning PFA jamoasi: 2021-22 chempionati
Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2023-yil dekabr
Manbalar
Havolalar
Dominic Solanke Tottenham Hotspur F. C. saytida Dominic Solanke Liverpool F. C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:SBV Vitesse futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:AFC Bournemouth futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar