Cirilo Saucedo Nájera (; 1982-yil 5-yanvarda Mexikoda tugʻilgan) – meksikalik futbolchi va darvozabon. U Meksika terma jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati Cirilo Saucedo „Leon“ futbol klubida oʻynab, mashhurlikka erishdi. U jamoaning uchinchi darvozaboni edi, lekin asta-sekin klubning birinchi jamoasidan joy olgan. 2004-yilda u „Dorados“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2004-yil 15-avgustda u klub safida  „América“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Birinchi mavsumda u jamoa safida 17 ta oʻyin oʻtkazib, 32 ta gol oʻtkazib yuborgan. Keyingi mavsumda Cirilo Saucedo „Veracruz“ futbol klubiga oʻtgan. Mashgʻulotlarda Cirilo Saucedo yelkasidan jarohat olgani sababli jamoa safida atigi 3 ta oʻyin oʻtkazgan.

2007-yilda Cirilo Saucedo hujumchi Sebastian Gonsalez oʻrniga „UANL Tigres“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. „UANL Tigres“ futbol klubi tarkibida uch mavsum davomida Cirilo Saucedo asosiy darvozabon boʻlgan. 2008-yil 24-avgustda „Toluca“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan.

2011-yilda Cirilo Saucedo „Tijuana“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 24-iyul kuni „Atlético Morelia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2012-yil Aperutra mavsumida Cirilo Saucedo „Tijuana“ futbol klubi bilan chempion boʻlgan. 2015-yilning yozida Cirilo Saucedo „Atlético Morelia“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 26-iyul kuni „Cruz Azul“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2016-yilning yozida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Juárez“ futbol klubiga  ijaraga oʻtgan. 17-iyul kuni „Mineros de Zacatecas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan. Ijara muddati tugagach, Cirilo Saucedo erkin agentga aylangan.

Xalqaro faoliyati 2013-yil 31-yanvarda Cirilo Saucedo Meksika terma jamoasi safida Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.

Shaxsiy hayoti Cirilo Saucedoning onasi AQSh fuqarosi boʻlgani tufayli Saucedo Amerika futbol jamoasida oʻynash huquqiga ega. 2013-yilda u Meksika terma jamoasining oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etgan.

Statistikasi JamoaMamlakatMavsumSantos Laguna2001—2002Club León2002—2004Dorados de Sinaloa2004—2006Tiburones Rojos de Veracruz2006Tigres UANL2007—2008Club de Fútbol Indios2008—2009Tigres UANL2009—2011Club Tijuana2011—2015Monarcas Morelia2015—2016Fútbol Club Juárez2016—2017

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar