Xon xoja madrasasi (Madrasai Xon xoja; 1780-yilda qurilgan) — Norboʻtabiyning jiyanlari Xon xoja Otaliq Yusufali xoja eshon oʻgʻili tomonidan barpo ettirilgan. Hozirgi 3-umutaʼlim maktabi oʻrnida (Poyakilik mahallasida) joylashgan edi. Xos madrasasi turkumiga kiradi. Shamsiddin Porso Najmiddin oʻgillari bosh mudarrislikka tayinlangan. 18 ta hujra, 35 talaba hamda 4 mudarris boʻlgan. XIX asr oxirlarida yerning zahligi tufayli bino nurab ketgan.
Manbalar