(Aminuddin) al-Muzaffar ibn Abulxayr ibn Ismoil al-Voroniy at-Tabriziy ash-Shofiʼiy (hijriy 558-yil (milodiy 1163-yil)da tugʻilib, 621-yil (milodiy 1124-yil)da vafot etgan) — usul al-fiqh faqihi boʻlgan, Mosul va Bag‘dodda fiqh ilmini oʻrgangan. Bagʻdoddagi madrasada mudarris yordamchisi boʻlib ishlagan. Fatvolar chiqargan, munozaralar oʻtkazgan, hadislar eshitib, ularni oʻrgangan, kitoblar tasnif qilgan.
Asarlar ar-Roziyning „al-Mahsul fi usuli-l-fiqh“ („Usul al-fiqh boʻyicha toʻplangan xulosa“) asariga uch jildli muxtasar asar yozib, uni „at-Tanqih simti-l-masoili-l-fiqhiya“ („Fiqhiy masalalarning durdonalarini qayta koʻrib chiqish“) deb atagan; „Muxtasaru-t-Tabriziy fi furuʼi-l-fiqhi-sh-shofiʼiy“ („Shofiʼiy mazhabi furuʼal-fiqhiga Tabriziyning muxtasari“).
Manbalar