Leyzer Mendelevich Volf ( asl ismi Mekler; 1909-yil 12-yanvar, Vilnyus, Rossiya imperiyasi – 1943-yil, Samarqand yaqini, SSSR) – yahudiy shoiri, „Jung Vilne“ adabiy guruhining asoschilaridan biri, territorializm tarafdori. Yahudiy tilida ijod qilgan.

Biografiyasi 1909-yil 12-yanvarda (eski yil hisobi boʻyicha) Vilnyus shahrida rassom Mendel Aronovich Mekler va Ita Meerovna Kovalskaya oilasida tugʻilgan. Leyzer Volf 4-farzand boʻlgan. 1924-yilda oila Vilkomirskaya koʻchasi, 28-uyda yashagan. Volf Leyzer yahudiy davlat maktabining oltinchi sinfigacha oʻqigan, adabiyot darslaridan tashqari deyarli barcha darslarni tashlab ketgan. Oiladagi doimiy moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻqishni davom ettira olmaydi va otasiga yordamchilik qiladi.

U maktabda oʻqib yurgan kezlarida sheʼr yozishni boshlagan. Oʻn olti yoshida Varshavada chiqadigan „Литерарише блетер“ gazetasida oʻzining birinchi sheʼri „Зеленеющая радость“ (1926) nashr etilgan. Uning sheʼrlari 1920-yillarning oxiridan 1940-yilgacha deyarli har hafta Vilner tog gazetasida nashr etilgan, 1934—1936-yillarda u eng koʻzga koʻringan shaxslardan biri boʻlgan, shuningdek, Jung Vilne guruhining Vilna nashri hammuharriri boʻlgan.

1939-yil oxirigacha Leyzer Vilnyusda yashagan, keyin Belystokga koʻchib oʻtgan. 1940-yil martigacha Dnepropetrovskda, 1940-yil kuzidan esa Novomoskovskda yshaydi. Bu vaqtda ogʻir turmush va moliyaviy sharoit tufayli u deyarli asar yozish bilan shugʻullanmadi. 1941-yilning yozida u Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingan. Samarqandda turli zavod va kolxozlarda ishlagan. Samarqanddan 70 km uzoqlikdagi kolxozda ochlikdan vafot etgan.

Akasi – meʼmor Xaim Mendelevich Mekler.

Ijodi Leyzer Volf sheʼriyati satira va parodiya, haqiqatning achchiq ironiyasi bilan ajralib turadi. Shoir rang-barang, tez oʻzgaruvchan obrazlarni qora yumor, ochiq-oydin istehzo orqali mahorat bilan uygʻunlashtirgan.

Sheʼriy toʻplamlar

„Шварце перл“ („Qora marvaridlar“, Vilnyus, 1939); „Лирик ун сатире“ („Lirika va satira“, Moskva, 1940); „Ди бройне бестие“ („Jigarrang hayvon“, Moskva, 1943); „Лидер“ („Sheʼrlar“, 1955, vafotidan keyin).

Tanlangan asarlar

Balladalar va sheʼrlar: „Эрдиш“ („Yer“), „Менахем Мендл ун Шейне Шейндл“, „Тевье дер милхикер“, „Эйропеише сонетн“ („Yevropa sonetlari“), „Эвигинга“ (Taqlid). Dramaturgiya: „Мотке Хабад“ komediyasi (Byalistok, 1940), „Дритер тейл Фауст“ („Faustning uchinchi qismi“), „А малех ойф дер эрд“ („Yerdagi farishta“) dramatik sheʼrlari va boshqalar; Romanlar: „Мизрех ун майрев“ („Sharq va Gʻarb“, Vilnyus, 1939) va boshqalar.

Qiziq faktlar

Avrom Sutzkever oʻzining „Wooden Steps“ sheʼrida Leyzer Volf haqida eslatib oʻtadi va unga butun bir elegiyasini bagʻishlaydi („Leiser Wolf“) . Maykl Asturning sheʼriyatida „Leiser Wolf“ mavzusi uchraydi.

Manbalar

Havolalar Leyzer Volf sredi chlenov gruppi „Yung Vilne“ (fotografiya, 1935) (nedostupnaya ssilka)

Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Samarqand viloyatida vafot etganlar Turkum:1943-yilda vafot etganlar Turkum:Vilnyusda tugʻilganlar Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:12-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Sovet yozuvchilari