Luius Patrik Jeyms Partridge (2003-yil 3 iyunda tugʻilgan) – u ingliz aktyori hisoblanadi. U Netflix filmlaridagi "Enola Xolms" (2020) va "Enola Xolms 2" (2022), va " Pistol " (2022) mini-serialidagi Sid Vicious roli orqali ommaga mashhur boʻldi. Hayoti Partridge 2003-yil 3-iyunda Londonning Vashington shahrida tugʻilgan. U oʻz onasi qaramogʻida oʻsib ulgʻaydi. Uning bir katta opasi va bir singlisi bor.

Keyinchalik Partridge Dulvich tayyorgarlik maktabida tahsil oldi. U Alleyn nomli oʻrta maktabda oʻqidi va u yerda �M8�Tayson uyi�M9� nomli guruhda a'zo edi. U 2021-yilda fransuz, ingliz tillarida va shuningdek, kinoshunoslik boʻyicha oʻzining A darajalarini muvaffaqqiyatli tamomlagan.

Karyera James Partridge 2014-yilda "Suv ostida" qisqa metrajli filmida aktyorlik debyutini qilgan. Partridge Tvikenham stadionida boʻlib oʻtgan Uelsga qarshi regbi boʻyicha Jahon kubogi 2015 oʻyinida ishtirok etgan.

Partridge dastlab Paddington 2 filmida ommaga koʻrinish berdi. U Enola Xolmsda Millie Bobbi Braun va Genri Kavill bilan birga Tukesberg rolini oʻynaganida yanada mashhurlikka erishishga muvaffaq boʻldi. U filmning 2022 yilgi seriyasida ayni shu rolni takrorladi. 2019-yilda u dunyoga mashhur boʻlgan Piter Pan rolini oʻynagan.

KINOLAR YilNOMLARIROLLARI Eslatmalar 2014-yil Suv ostida Feliks Qisqa film It haqida Yosh Gav Qisqa film 2015-yil Pan Konchi bola 2016-yil Ikkinchi teri Tabiat bolasi Qisqa film 2017-yil Amazon sarguzashtlari Yosh Genri Beyts Paddington 2 G-Man Kesilgan sahna 2020 Enola Xolms Tyuksberi Bosh rol 2022 Yoʻqolgan qizlar Piter Pan Enola Xolms 2 Tyuksberi Bosh rol Turkum:Angliyalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Ingliz erkak film aktyorlari Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar