Murod Maxamadusmonovich Xontoʻrayev (1987-yil 4-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston – 2021-yil 19-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek aralash jang sanʼati kurashchisi, 2013-yildan buyon professional musobaqalarda qatnashgan, Oʻzbekiston aralash jang sanʼati federatsiyasi vitse-prezidenti.
Biografiyasi Murod Maxamadusmonovich 1987-yil 4-iyulda Toshkent shahrida oʻrtahol oilada tavallud topgan, otasi kasbi novvoy, onasi esa uy bekasi boʻlib, oilasiga yordam bergan. Murod oilasidan baxtli bolaligi va hech narsaga muhtoj emasligi uchun minnatdor edi.
„Tishimni olib tashlashim kerak edi, keyin otam meni tinchlantirish uchun: „Oʻgʻlim, agar yigʻlamasang, seni karatega olib boraman“, – dedi. Bu taklif menga yoqdi, yigʻlamadim, keyin otam meni „Dinamo“ sport klubiga karatega olib bordi“, – deydi Murod Xontoʻrayev.
Murod Xontoʻrayev oʻn yetti yoshida kattalar oʻrtasida universal jang boʻyicha Osiyo chempioni boʻlish sharafini qoʻlga kiritdi. Bu gʻalaba jangchi uchun juda muhim edi, shundan soʻng u bir odam bilan uchrashdi va keyinchalik bu odam uning murabbiyi boʻlib chiqdi. Murod 2013-yilda professional jangini oʻtkazdi. Oʻzbekiston MMA federatsiyasi vitse-prezidenti boʻldi. Uning laqabi Osiyo ayigʻi edi.
Oilasi Murodning otasi Muhammad Usmon Xontoʻrayev
Onasi Umida Xontoʻrayeva
Akasi Toxir Xontoʻrayev
Turmush oʻrtogʻi Dilnozaxon Xontoʻrayeva
Farzandlari Murod Xontoʻrayevning uch nafar farzandi bor. Ayubxon Xontoʻrayev (2012-yil 28-sentyabr), Yasinxon Xontoʻrayev (2015-yil 12-fevral) va Muhammad Xontoʻrayev (2019-yil 2-may).
Vafoti 2021-yil 19-iyul kuni internetda Oʻzbekiston MMA vitse-prezidenti, jangchi Murod Xontoʻrayev oʻzining BMW X5 rusumli avtomashinasida Toshkent yaqinida avtohalokatga uchrab halok boʻlgani haqida maʼlumot qayd etilgan.
Manbalar
Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:19-iyulda vafot etganlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:4-iyulda tugʻilganlar
