Avazbek Alisher oʻgʻli Oʻlmasaliyev (27-mart, 2000-yil, Fargʻona, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik futbolchi. Ampulasi boʻyicha markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Olmaliqning OKMK klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.

Faoliyati Klub Avazbek Fargʻona futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 2016-yilgi mavsum „Neftchi“ jamoasi yoshlar tarkibida boshlagan holda 2017-yilgi mavsumda Fargʻona jamoasi bilan ilk bor professional shartnoma imzolagan. Yangi jamoasi tarkibida dastlabki mavsumidayoq asosiy futbolchilardan biriga aylangan va 9 ta oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylangan. 2018-yilgi mavsumda 15 ta oʻyinda ishtirok etib „Nasaf“ jamoasiga qarshi oʻyinda mavsumdagi yagona golini urgan. Mavsum yakunida „Neftchi“ jamoasi quyi ligaga tushib ketganligi sababli Oʻlmasaliyev jamoasini oʻzgartiradi va 2018-yilgi mavsum chempioni Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan 2019-yilda shartnoma imzolagan. Yangi jamoasida dastlabki sovrini 2019-yilgi Oʻzbekiston Superkubogida qoʻlga kiritgan. Temiryoʻlchilar jamoasi tarkibida ikki mavsumda oʻynab asosiy futbolchilaridan biriga aylana olmagan Avazbek 2021-yilgi mavsumda Toshkentning boshqa bir jamoasi „Bunyodkor“ klubiga ijaraga berilgan. Bunyodkor klubida bir mavsumda davomida jamoaning ishonchli oyinchilaridan biriga aylangan va mavsum yakunida „Paxtakor“ klubidan futbolchiga qiziqish bildirilgan. 2022-yilgi mavsum oldidan „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan Avazbek, keyinchalik shartnoma shartlari borasida kelisha olmay bir oydan soʻng „Bunyodkor“ klubiga qaytgan. 2022-yilgi mavsumni Bunyodkor klubida boshlagan xolda ikki mavsum davomida Oʻzbekiston Superligasi oʻyinlarida 48 ta oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan, 2023-yilgi mavsumda klub sardori darajasigacha koʻtarilgan. 2023-yilgi mavsum yakunida Bunyodlkor klubi bilan shartnoma yakunlangan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan. 2023-yil dekabr oyida Moskvaning „SSKA“ jamoasi Oʻlmasaliyevni oʻz safiga qoʻshib olmoqchiligi toʻgʻrisida OAVlarida xabar berilgan. 2024-yil 9-yanvar kuni Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Xalqaro 2025-yilda Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiga chaqirilgan. 2025-yilgi MOFA Millatlar Kubogida debyut qilgan. Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Yutuqlar Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2019 Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2019

Manbalar

Havolalar Avazbek Oʻlmasaliyev Transfermarkt saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari