1-Boyovut jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan. Masjid 1990—1992-yillarda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1996-yilda faoliyat boshlagan. 1998-yil 14-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 500 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2015-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar