Diyorbakir aeroporti – Turkiyaning Diyorbakir shahrida joylashgan harbiy aviabazasi va fuqarolik aeroporti.
Umumiy tavsifi Diyorbakir aeroporti Turkiya harbiy havo kuchlarining (Türk Hava Kuvvetleri) 2-havo kuchlari qoʻmondonligining (Hava Kuvvet Komutanligi) 8-Havo qanoti (Ana Jet Üs yoki AJÜ) uchun baza aeroportidir. Ushbu qoʻmondonlikning boshqa qanotlari Merzifon (LTAP), Malatya Erhach (LTAT) va İncirlikda (LTAG) joylashgan.
Aeroport 2012-yil 1-iyundan 1-sentyabrgacha rekonstruksiya uchun yopildi. Barcha havo harakati Batman, Mardin va Eloziqqa yoʻnaltirildi.
2012-yilda Zuart Sudjian ismli arman-amerikalik yer uchastkasi aeroport mulkiga tegishli ekanligini va uning meros huquqiga ega ekanligini daʼvo qildi. Oʻzining advokati Ali Elbeyoʻgʻli orqali yerlarni qaytarib berish uchun sudga daʼvo arizasi berdi. Mahalliy sud tomonidan rad etilganidan keyin ish hukm ustidan shikoyat qilinayotgan kassatsiya sudiga oshirildi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Quyidagi aviakompaniyalar Diyorbakir aeroportida muntazam va charter reyslarini amalga oshiradi:
Havo harakati statistikasi +Diyorbakir aeroporti yoʻlovchi tashish statistikasi Yil (oylar) MahalliyOʻzgarishi % da XalqaroOʻzgarishi % da JamiOʻzgarishi % da 2015 2 085 114 16,0% 15 087 7.0% 2 100 201 16.0% 2014 1 796 067 1,0% 16,141 2.0% 1 812 208 1.0% 2013 1 782 827 40,0% 15 826 4.0% 1,798,653 40.0% 2012 1 270 613 26,0% 15,211 20.0% 1 285 824 26.0% 2011 1 714 423 23,3% 18 951 31.4% 1 733 374 23,4% 2010 1 390 165 32,5% 14 425 25.4% 1 404 590 32.5% 2009 1 048 875 10,4% 11506 33.9% 1 060 381 9.6% 2008 949 668 8.0% 17 420 21.0% 967 088 8.0% 2007 881 278 - 14 347 - 895 625 - (*) Manba: DHMI.gov.tr
Baxtsiz hodisalar va falokatlar 2003-yil 8-yanvarda Turkish Airlinesning 634-reysi Diyorbakir aeroportiga yaqinlashayotganda halokatga uchradi. Bortdagi 80 yoʻlovchi va ekipaj aʼzolaridan 75 nafari halok boʻldi.
2016-yil 27-avgust kuni aeroportga bir nechta raketa uchirildi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Turkiya aeroportlari Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Diyorbakir viloyati transporti Turkum:Diyorbakir viloyatidagi bino va inshootlar Turkum:Turkiya harbiy havo kuchlari bazalari