Sir Alfred Joseph Hitchcock (13-avgust 1899 — 29-aprel 1980) ingliz kinorejissyori boʻlgan. U keng maʼnoda kino tarixidagi eng buyuk va eng taʼsirli shaxslar qatoriga kiritiladi. Oltmish yillikka choʻzilgan faoliyati davomida u 50 dan ortiq badiiy film suratga olgan, ularning koʻpi hanuz tomosha qilinadi va oʻrganiladi. „Saspens ustasi“ sifatida tanilgan Alfred Hitchcock koʻplab intervyulari, filmlarining aksariyatida oʻzining kameo chiqishlari va 1955–1965-yillarda efirga uzatilgan Alfred Hitchcock Presents teleantologiyasini olib borishi va prodyuserlik faoliyati tufayli, oʻz filmlaridagi aktyorlar qatorida mashhur boʻlib ketdi. Boshqa koʻplab mukofotlardan tashqari, uning filmlari jami 46 ta „Oscar“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan va ulardan 6 tasi gʻalaba bilan yakunlangan. Biroq u „Eng yaxshi rejissyor“ nominatsiyasida 5 marta nomzod boʻlganiga qaramay, bu mukofotni hech qachon qoʻlga kirita olmagan.

Alfred Hitchcock dastlab texnik xodim va kopirayter sifatida ish boshlagan, soʻng 1919-yilda kino sanoatiga sarlavha kartochkalari dizayneri sifatida kirib kelgan. Uning rejissorlik debyuti britan–nemis ovozi yoʻq filmi — The Pleasure Garden (1926) boʻlgan. Uning ilk muvaffaqiyatli filmi The Lodger: A Story of the London Fog (1927) triller janrining shakllanishiga yordam berdi, Blackmail (1929) esa birinchi britan „ovozli filmi“ boʻldi; also see ; . Alfred Hitchcockning The 39 Steps (1935) va The Lady Vanishes (1938) trilleri XX asrning eng yaxshi britan filmlari qatoriga kiritilgan. 1939-yilga kelib, u xalqaro eʼtirofga sazovor boʻldi va prodyuser David O. Selznick uni Gollivudga koʻchib oʻtishga koʻndirdi. Shundan soʻng ketma-ket muvaffaqiyatli filmlar suratga olina boshlandi: Rebecca (1940), Foreign Correspondent (1940), Suspicion (1941), Shadow of a Doubt (1943) va Notorious (1946). Rebecca filmi Eng yaxshi film uchun „Oskar“ mukofotini qoʻlga kiritdi, Alfred Hitchcock esa Eng yaxshi rejissyor nominatsiyasiga tavsiya etildi. U, shuningdek, Lifeboat (1944), Spellbound (1945), Rear Window (1954) va Psycho (1960) filmlari uchun ham „Oskar“ nominatsiyalariga nomzod boʻldi.

Alfred Hitchcockning boshqa diqqatga sazovor filmlari qatoriga Rope (1948), Strangers on a Train (1951), Dial M for Murder (1954), To Catch a Thief (1955), The Trouble with Harry (1955), Vertigo (1958), North by Northwest (1959), The Birds (1963), Marnie (1964) va Frenzy (1972) kiradi. Bu filmlarning barchasi tijoriy jihatdan ham muvaffaqiyat qozongan hamda kino tarixchilari tomonidan yuqori baholangan. Alfred Hitchcock Gollivudning eng yirik yulduzlari bilan bir qator filmlar suratga olgan: Cary Grant bilan toʻrtta, James Stewart bilan toʻrtta, Ingrid Bergman va Grace Kelly bilan ketma-ket uchtadan film ishlagan. Alfred Hitchcock 1955-yilda AQSh fuqaroligini olgan.

2012-yilda Alfred Hitchcockning James Stewart rol ijro etgan Vertigo psixologik trilleri, yuzlab kino tanqidchilari oʻrtasida oʻtkazilgan butun dunyo boʻyicha soʻrov natijalariga koʻra, Britaniya kino institutining „eng yaxshi film“ reytingida Orson Wellesning Citizen Kane (1941) asarini ortda qoldirdi; also see . 2021-yilga kelib, uning toʻqqizta filmi Amerika Qoʻshma Shtatlarining Milliy film reyestri saqloviga kiritilgan edi, ulardan biri uning shaxsiy sevimlisi — Shadow of a Doubt (1943) boʻlgan. U 1971-yilda BAFTA Fellowship mukofotini, 1979-yilda AFI Life Achievement Award mukofotini oldi va oʻsha yilning dekabr oyida, 1980-yil 29-aprelda vafot etishidan toʻrt oy avval, saroy ritsarligi unvoni (night) bilan taqdirlandi.

Manbalar

Izohlar

Adabiyotlar

Havolalar

Alfred Hitchcock at the British Film Institute Alfred Hitchcock Papers from Margaret Herrick Library Digital Collections (Details (archived 2024))

Turkum:Kinorejissyorlar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar