Andijon viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik, viloyat . Fargʻona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,27 ming km². Aholisi taxminan 3,533 million kishi (2026-yil holatiga koʻra). Andijon viloyatida 2 ta viloyatga boʻysinuvchi shahar, 14 tuman, 11 ta tumanga boʻysinuvchi shaharlar, 79 ta shaharchalar, 455 ta Qishloq aholi punktlari bor (2024 yil holatiga). Markazi — Andijon shahri.
Tarixi Viloyat 1941-yil 6-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan Fargʻona viloyatidan ajralib chiqib , Oʻzbekiston SSR tarkibida tashkil etilgan. Bu hududda avval, 1926—1930-yillarda Oʻzbekiston SSRning Andijon okrugi tashkil etilgan.
Dastlab viloyat tarkibiga Oyim, Oltinkoʻl tumani, Andijon, Baliqchi, Voroshilov, Jalaquduq, Izboskan, Lenin, Marhamat, [Paxtaobod, Stalin, Xoʻjaobod tumanlari hamda viloyatga qarashli Andijon va Leninsk shaharlari kirgan.
1943-yilda Xoldevonbek, Chinobod tumanlari, 1950-yilda Boʻz tumani, 1953-yilda Buloqboshi, Qoʻrgʻontepa, Moskva tumanlari tashkil etilgan.
1959-yilda Moskva viloyati tugatildi.
1960-yilda tugatilgan Namangan viloyati tarkibidan Namangan, Norin, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻon tumanlari hamda Namangan viloyatiga boʻysunuvchi shahar Andijon viloyati tarkibiga oʻtkazilgan.
1961-yilda Voroshilov tumani Ilyichevsk, Stalinsk esa Moskva deb oʻzgartirilgan. Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon va Chust tumanlari Fargʻona viloyatidan Andijon viloyatiga oʻtkazilgan.
1962 yil dekabr oyida Oyim, Oltinkoʻl, Boʻz, Buloqboshi, Jalaquduq, Ilyichevsk, Kosonsoy, Lenin, Norin, Paxtaobod, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Xaldivonbek va Chinobod tumanlari tugatilgan.
1964-yilda Boʻz va Zadaryo tumanlari tashkil etilgan.1965-yilda Marhamat tumani Lenin tumani deb nomlangan.
1967-yilda Uychi tumani tashkil topgan. Oʻsha yili Zadaryo, Namangan, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chust, Yaniqoʻrgʻon tumanlari hamda Namangan shahri qayta tiklangan Namangan viloyatiga oʻtkazilgan.
1970-yilda Marhamat, Paxtaobod tumanlari, 1973-yilda Jalaquduq va Komsomolobod, 1978-yilda Oltinkoʻl tumanlari tashkil etilgan. 1972-yilda Sovetobod tumanga, 1994-yilda esa Shahrixonga viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomini olgan.
1992-yilda Buloqboshi tumani tashkil etilgan.
ANDIJONNIG Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 22-avgustdagi Farmoni bilan viloyat ahlining mamlakatimiz taraqqiyoti va salohiyatini yuksaltirish, barcha tarmoqlarda islohotlarni izchil amalga oshirish yoʻlida fidoiylik va tashabbuskorlik namunalarini koʻrsatayotgani, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarimizni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta ishlarni eʼtiborga olib Oʻzbekiston Respublikasining 12-yilligi munosabati bilan „Amir Temur ordeni“ bilan taqdirlangan .
Tabiati Andijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relyefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400–500 m), sharqi (Andijon shahridan sharqda) Fargʻona va Oloy tizmalarining tarmoqlaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli zilzilalar boʻlib turadi (qarang Andijon zilzilasi). Iqlimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tizmalari Fargʻona vodiysini sovuq havoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, qishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi −3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 — 250-mm yogʻin tushadi. Andijon Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlardagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi — Qoradaryo (Sirdaryo irmoqlaridan biri). Uning irmoqlari — Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va boshqa Av. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproqlari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.
Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar tashkil etadi. Qirgʻizlar, Tojiklar, Uygʻurlar, Ruslar, Koreyslar, Qangli va boshqalar ham bor. Rossiya Qoʻqon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqa millat vakillari koʻchib kelgan. 1 km² ga oʻrtacha 819 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi:
oʻzbeklar 3 294,524 ming kishi (93,5%)
qirgʻizlar 114,954 ming kishi (3,3%)
tojiklar 42,882 ming kishi (1,2%)
ruslar 17,784 ming kishi (0,5%). Shaharliklar 1 851 ming kishi, qishloq aholisi 1 694 ming kishi (2026.07.01).
Hududiy boʻlinishi thumb|right|350px
Tuman nomi Tuman markazi 1 Andijon (tuman) 78 MFY, 299,9 ming kishi Kuyganyor (shaharcha) 2 Asaka tumani 74 MFY,369,6 ming kishi Asaka (shahar) 3 Baliqchi tumani 66 MFY,224,8 ming kishi Baliqchi (shahar) 4 Boʻston (tuman) 25 MFY,81,6 ming kishi Boʻston (shaharcha) 5 Buloqboshi tumani 37 MFY,159 ming kishi Buloqboshi 6 Izboskan (tuman) 63 MFY,265,7 ming kishi Poytugʻ (shahar) 7 Jalaquduq (tuman) 63 MFY,205,7 ming kishi Jalaquduq 8 Xoʻjaobod tumani 38 MFY,125 ming kishi Xoʻjaobod (shahar) 9 Qoʻrgʻontepa tumani 74 MFY,238,8 ming kishi Qoʻrgʻontepa 10 Marhamat tumani 48 MFY,193,9 ming kishi Marhamat (shahar) 11 Oltinkoʻl (tuman) 56 MFY,196,9 ming kishi Oltinkoʻl (qishloq) 12 Paxtaobod tumani 67 MFY,216,7 ming kishi Paxtaobod (shahar) 13 Shahrixon (tuman) 76 MFY,338,4 ming kishi Shahrixon (shahar) 14 Ulugʻnor (tuman) 24 MFY,64,8 ming kishi Oqoltin 15 Xonobod shahar 15 MFY,47,1 ming kishi Xonobod (Andijon) 16 Andijon (shahar) 83 MFY,506 ming kishi Andijon
Xoʻjaligi Andijon viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrin tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6 % neftini, 8,3 % paxtasini, 8,7 % paxta tolasini, 8,7 % oʻsimlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, qishloq xoʻjaligi xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoklari, shuningdek aholiga isteʼmol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etildi. Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. soʻmdan ziyod kredit berilib, 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi (2000). 1995-2000-yillar mobaynida viloyat iktisodiyotida 23,5 mlrd. soʻm chet el sarmoyasi kiritildi.
Sanoati Viloyatda foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik shundayligicha xom ashyo sifatida metropoliyam joʻnatilar edi. 1907-yil yarim hunarmandchilikka asoslangan yogʻ zavodi qurildi. Dastlab bu zavod bir kecha-kunduzda 50 t chigitni qayta ishlab, 8 t ga yaqin yogʻ chiqarar edi. 1954-yilda zavod yogʻ-moy kombinatiga aylantirildi. 1960-70 yillarda Andijon shahrida „Elektrodvigatel“, „Elektroapparat“ kabi yirik korxonalar, Marhamatda esa „Elektrotexnika“ zavodi qurildi. 1941-yil Andijon shahrida motorsozlik zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik yillarida viloyat industriyasi oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, tubdan rivojlanmoqda. Mavjud korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, mulkchilikning oʻzgacha shakliga kirib bormoqda. Xususan aksariyat yirik va oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Viloyatda mulkchilikning barcha turiga oid 160 sanoat korxonasi bor (2000). Bulardan yiriklari: Bobur nomidagi ip-gazlama ishlab chiqarish aksiyadorlik jamiyati (Andijon shahrida; tumanlarda boʻlimlari bor), „Andijon agrofirmasi“ aksiyadorlikjamiyati, Andijon avtomobil oʻrindiqlari zavodi, Andijon biokimyo zavodi, Andijon irrigatsiya mashinasozlik zavodi, Andijon „Semurgʻ“ trikotaj aksiyadorlik birlashmasi, Andijon don mahsulotlari" aksiyadorlik jamiyati, „Andijonkabel aksiyadorlik jamiyati“, Chinobod paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati. 1991-2000-yillar davomida Andijon viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar bunyod qilindi. Viloyatda 79 qoʻshma korxona, 8447 kichik va xususiy korxona mavjud. Viloyatdagi qoʻshma korxonalar butun viloyat yalpi sanoat mahsulotining 53 %dan koʻprogʻini ishlab chiqarmokda (2000). Oʻrta Osiyoda yagona avtomobilsozlik korxonasi — Oʻzbek-Janubiy Koreya „OʻzDEU avto“ kompaniyasi Asaka shahrida joylashgan. Italiyaning „Aka-uka Federichi“ aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Asakada barpo etilgan Oʻzbek-Italiya „FAM“ qoʻshma korxonasi soatiga turiga qarab 1-1,5 t makaron ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shahrixon tumanidagi Segazaqum qishlogʻida kalava ip tayyorlaydigan va kelgusida undan gazlama toʻqiydigan „ANTEKS“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati korxonasi barpo etildi va irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlgan tarmoklar, paxtani qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil (ip-gazlama, paypoq fabrikalari va boshqalar), oziq-ovqat sanoati eng rivojlangan tarmoklardir. Viloyat mamlakatda neft va gaz qazib chiqarishda salmoqli oʻrin tutadi. Oʻnga yaqin neft va neft-gaz konlari (Andijon neft koni, „Xoʻjaobod“, „Boʻston“, „Janubiy Olamushuk“, „Xartum“, „Polvontosh“, „Xoʻjausmon“ va boshqalar) ishlab turibdi. Xoʻjaobod — Andijon — Asaka gaz quvuri bor. Andijon viloyatida dastlabki paxta tozalash zavodlari Andijon shahrida 1911-yilda, Asakada 1912-yilda, Shahrixonda 1915-yilda qurilgan. Sanoatning bu turi paxta yetishtirishga qarab tez rivojlandi. 1924-yil paxta zavodlarida 25 mingta xom ashyo qayta ishlangan edi. 1999-yilda mavjud 13 ta paxta qayta ishlash korxonalarida 325 ming tdan ziyod paxta qayta ishlandi. Viloyatda yetishtirilayotgan pilla, jun, teri umuman qayta ishlanmasdan, lanib, 1999-yil oktabr ida ishga tushirildi). Baliqchi tumani notoʻqima matolar ishlab chiqarish yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Oʻzbek — Amerika qoʻshma korxonasi ham oʻz mahsulotlari bilan chet elda eʼtibor qozongan korxonalardandir. Qoʻshma korxona zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlandi. Kalava ip va xom gazlama tayyorlanadigan mazkur korxonada 1300dan ortiq ishchi ishlaydi (2000). Shuningdek, viloyatda rivojlangan mamlakatlarning sarmoyalari jalb qilingan „Andijon-Praga“, „Andijon durdonasi“, „Navigul“, „Oʻz-Koromko“, Oʻzbek-Rus-Britaniya „Mask“, „Al-Osiyo“ qoʻshma korxonalari va Oʻzbek-Amerika qoʻshma korxonasi filiali bor.
loyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilikdir. Paxtaning yalpi hosili va hosildorligi jihatidan Andijon viloyati mamlakatda oldingi oʻrinlarda turadi. Ayniqsa mustaqillikdan keyin paxtakorga erkinlik berilgach, paxtachilikda tub oʻzgarishlar sodir boʻldi. 1997-yildan chigitni keng maydonlarda plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi (mazkur texnologiyani qoʻllashda viloyat hokimi, Oʻzbekiston Qahramoni Qobiljon Obidov katta jonbozlik koʻrsatdi).