IKEA - Shvetsiya kompaniyasi, mebel va uy jihozlari sotish boʻyicha dunyodagi eng yirik savdo markazlariga ega boʻlgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Toʻliq nomlanishi – IKEA International Group. Kompaniya bosh ofisi – Leyden shahri, Gollandiya(Niderlandiya) provinsiyasida joylashgan.
Tarix thumb|left|200px|Ingvar Kamprad,IKEA ning asoschisi
Kompaniya ildizlari Shvetsiyaga borib taqaladi va marketing siyosati maqsadida Shvetsiya imidjini saqlashga harakat qiladi. 1943-yil Ingvar Kamprad kompaniyaga asos solgan. Mebel kompaniya maxsulotlar asortimentiga 1947-yildagina qoʻshilgan. 1955-yildan boshlab “IKEA” oʻz xususiy markasi ostida mebel ishlab chiqishni boshlaydi. Boshida Kamprad mahsulotlarni oʻz uyi va pochtadan sotishni boshlaydi,1958-yilga kelib esa birinchi savdo markazi ochiladi. IKEA atamasi “Ingvar Kamprad Elmtaryd Agunnaryd” soʻzlari bosh harflari yigʻindisidan tashkil topgan, ya'ni kompaniya asoschisi ismi sharifi va u yashagan ikki turar joy nomlari.
Boshqaruv IKEA kompaniyasi Stichting Ingka Foundation fondiga tegishli.(gruppaning bosh kompaniyasi - Ingka Holding B. V, Gollandiya) Kompaniya prezidenti – Anders Dal`vig. 2006-yil Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning eng boy shaxslari safiga kiradi. Ingvar Kamprad – kompaniya asoschisi va egasi, dunyoning eng boy shaxslari ichida toʻrtinchi oʻrinda, uning mulki $28 milliardni tashkil etadi.
thumb|right|230px|IKEAning Pitsburg, Pensilvaniyada joylashgan bayroqlari
Faoliyat turi thumb|300x300px|Map of countries with IKEA stores: IKEA kompaniyasining asosiy faoliyati mebel ishlab chiqarish va sotish hisoblanadi.Ushbu mebelni hech kimning yordamisiz uyda terib olish mumkin. 2006-yil maʼlumotlariga koʻra kompaniya 33 davlatda 229 ta savdo markazlariga ega. Savdo markazlarining asosiy qismi Evropada joylashgan.IKEA kataloglari bepul tarqatiladi, 2006-yilda 160 million nusha chop etilgan. Swedwood kompaniyasi(IKEA konserni) dunyoning 11 davlatida 30 dan ortiq mebel va yogʻochni qayta ishlash tashkilotlarga egalik qiladi. IKEA da ish bilan taʼminlangan ishchilar soni – 104 ming kishini tashkil etgan(2006yilda). Hoovers maʼlumotlariga koʻra IKEA ning 2005-yilgi oboroti $18 mlrdni tashkil etgan.
IKEA Rossiyada IKEAning Moskva dagi ilk savdo markazi 2000-yilda ochildi. 2002-yil dekabr oyida birinchi “Mega” (maydoni – 150 000 kv.m, investisiya hajmi - $200mln) ochilgan. 2007-yil fevral oyiga binoan Rossiyada IKEA ning 8 ta savdo markazlari (Moskvada – 3 ta, Sankt- Peterburgda –2 ta,Kazan,Nijniy Novgorod va Ekaterinburgda – 1tadan) faoliyat olib bormoqda.
Magazinlar roʻyhati Moskva
IKEA Himki IKEA Tyopliy Stan` IKEA Belaya Dacha
Sankt-Peterburg IKEA Dibenko ko`chasi (Sankt-Peterburg) IKEA Parnas
Boshqa shaharlar IKEA Kazan IKEA Ekaterinburg IKEA Nijniy Novgorod
Qurilayotgan magazinlar IKEA Samara — ochilishi 2007 yil ohirida IKEA Rostov-na-Donu — ochilishi 2007 yil ohirida IKEA Novosibirsk — 2007 yil 29 noyabrda ochilgan IKEA Adigeya IKEA Saratov — ochilishi 2008-2009 IKEA Ufa — ochilishi 2008-2009 IKEA Omsk — ochilishi 2008-2009 IKEA Mitishi — ochilishi 2008-2009
Manbalar
Havolalar IKEA - Rasmiy sayti
IKEA US catalogue - IKEA AQSH kataloglari IKEA Australia catalogue - IKEA Avstraliya kataloglar sayti
Turkum:Niderlandiya shirkatlari