Oleksandr Yevgenovich Kucherenko (; ; 1991-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekiston Superligasining Lokomotiv (Toshkent) klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Ukrainada tugʻilgan, Moldovaning yoshlar terma jamoasida 1 ta oʻyin oʻtqazgan.

Futbolchilik faoliyati Oleksandr faoliyatini Ukraina havaskorlar chempionatida Slavyanskning „Slavxleb“ klubida boshlagan. U „ Avanhard Kramatorsk“ jamoasi tarkibida oʻynab, Ukraina Ikkinchi ligasi oʻyinlarida maydonga tushgan. 2011-2012-yilgi qishki transfer oynasida u Moldova chempionati jamoasiga oʻtib 2014-yil oxirigacha oʻynagan.

2011-yilda Ukraina Ikkinchi ligasida Kramatorskning „Avangard“ jamoasida oʻynagan. 2011-2012-yil qishida Kucherenko Moldovaning „Nistru“ (Otaci) klubiga oʻtgan. Moldova futbol federatsiyasi tomonidan 1994-yilda tugʻilgan Moldova fuqarosi deb eʼlon qilingan va tez orada mamlakat yoshlar terma jamoasiga chaqiruv olgan. „Nistru“ jamoasi tarkibida bir yarim yil oʻynaganidan soʻng, klubning sobiq bosh murabbiyi Lilian Popesku Aleksandrni „Kostuleni“ jamoasiga taklif qilgan. Keyinchalik esa murabbiyga ergashib, futbolchi Veris jamoasiga oʻtgan.

2014-yil dekabr oyida Kucherenkoning hujjatlarida tugʻilgan sanadagi nomuvofiqliklar keng ommaga maʼlum boʻldi va bu holat „Veris“ jamoasiga oʻtkazilgan barcha 14 ta oʻyinda texnik magʻlubiyat yozilishi mumkunligi aytilgan. Masalani sudgacha olib bormaslik uchun „Veris“ rahbariyati jamoani chempionatdagi ishtirokini toʻxtatgan. Toʻxtatilishning rasmiy sababi esa mamlakat kubogi chorak finalidagi hakamlikdan norozi ekani aytilgan. Kucherenkoning oʻzi esa Moldaviya futbol federatsiyasi shafeligidagi turnirlarda ishtirok etishdan chetlatilgan.

2015-yilda u Kirovogradning Zvezda jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Jamoa tarkibida 2016-yilda u Ukraina Birinchi ligasi chempioni boʻlgan. 2017-yilning yozida u jamoani tark etdi. Keyinchalik u Petrovskiy „Ingulets“ bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlar

Zvezda (Kropyvnitskiy)

Ukraina birinchi ligasi gʻolibi : 2015-2016-yil

Munozara 2012-yilda Kucherenko 1994-yilda tugʻilgan Moldova fuqarosi ekanligini taʼkidlab, „Nistru Otaci“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Keyingi yili u Moldova 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga chaqirilib, bitta oʻyin oʻtkazgan. Biroq avvalroq u oʻzini boshqa jamoalarda 1991-yilda tugʻilgan Ukraina fuqarosi sifatida koʻrsatgan edi. Shu sabablarga koʻra 2014-yil oxirida Moldova futbol federatsiyasi tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan, biroq xulosalar noaniq edi.

Manbalar

Havolalar Oleksandr Kucherenko Transfermarkt saytida Oleksandr Kucherenko Soccerway saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Moldovalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Slovkhlib Slovyansk futbolchilari Turkum:FC Kramatorsk futbolchilari Turkum:FC Nistru Otaci futbolchilari Turkum:FC Costuleni futbolchilari Turkum:FC Veris Chișinău futbolchilari Turkum:FC Zirka Kropyvnytskyi futbolchilari Turkum:FC Inhulets Petrove futbolchilari Turkum:FC Volyn Lutsk futbolchilari Turkum:NK Veres Rivne futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Moldova Super Ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Moldovalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar