Azizbek Abdulxabibov (1993-yil 16-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para kanoechi. Musobaqalarda KL2 klassida ishtirok etadi.

Faoliyati

2015-yildan buyon para kanoe boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. Tokio-2020 Yozgi Paralimpiada oʻyinlari ishtirokchisi. 2023-yil Duysburgda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan.

Manbalar