Eusébio da Silva Ferreira (; 1942-yil 25-yanvar – 2014-yil 5-yanvar), „Qora pantera“ yoki „Qirol“ laqabini olgan) – portugaliyalik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Eusébio barcha davrlarning eng buyuk oʻyinchilaridan biri hamda „Benfika“ jamoasining eng yaxshi oʻyinchisi hisoblanadi. Ferreira oʻzining tezligi, texnikasi, atletikasi va oʻng oyoq zarbasi bilan mashhur boʻlib, faoliyati davomida 745 oʻyinda 733 ta gol urgab va tarixdagi eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan.

Eusebio Portugaliya terma jamoasiga 1966-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallashga yordam bergan va oʻzizning toʻqqizta goli bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Eusébio Portugaliya terma jamoasining jahon chempionatidagi eng yaxshi toʻpurari boʻlib qolmoqda. U 1965-yilda „Oltin toʻp“ sovrinini qoʻlga kiritgan va 1962 va 1966-yillarda ikkinchi oʻrinni egallagan. Benfika klubi tarkibida 440 ta oʻyinda 473 ta gol urgan va jamoa tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi. Benfika klubining 1960-yillardagi katta muvaffaqiyatlarda beqiyos oʻrin tutadi va oʻn bir marta Primeira Liga chempionligi va Yeropa chempionlar kubogi gʻolibligi, shuningdek, 1963, 1965 va 1968-yillarda Yevropa chempionlar kubogi finallariga qadar yetib borishida jamoaning ajralmas qismi boʻlgan. Eusébio 48 ta gol bilan Yevropa chempionlar kubogi (Chempionlar ligasining avvalgi nomi) musoboqasida Alfredo Di Stefanodan keyin eng koʻp gol urgan ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Eusébio 1964/1965, 1965/1966 va 1967/1968-yillarda Yevropa chempionlar kubogi toʻpurari boʻlgan. Eusébio shuningdek, yetti marta Primeira toʻpurari uchun Bola de Pratani mukofotini qoʻlga kiritgan. Eusébio 1968-yilda Yevropaning enga yxshi toʻpurarga beriladigan „Oltin butsa“ sovrinini qoʻlga kiritgan birinchi futbolchi boʻlgan va keyinchalik bu yutuqni 1973-yilda ham qoʻlha kiritgan.

Nafaqaga chiqqanidan to vafotiga qadar Eusebio futbol elchisi boʻlgan va oʻz avlodining eng taniqli yuzlaridan biri hisoblangan. Uning nomi koʻpincha barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida va futbol tanqidchilari va muxlislari soʻrov nomlarida uchraydi. U IFFHS tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada 20-asrning eng yaxshi toʻqqizinchi futbolchisi va World Soccer jurnali tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada 20-asrning oʻninchi eng yaxshi futbolchisi deb tanlangan. Pele 2004-yilda oʻzizning FIFA 100 roʻyxatida Eusebioni eng yaxshi tirik 125 futbolchidan biri deb atagan. Eusébio UEFA Oltin Yubiley soʻrovi uchun onlayn ovoz berishda yettinchi boʻlgan. 2003-yil noyabr oyida UEFA yubileyini nishonlash uchun u Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan soʻnggi 50 yil ichida eng koʻzga koʻringan futbolchi sifatida Portugaliyaning Oltin futbolchisi sifatida tanlangan. Eusébio vafotidan koʻp oʻtmay, Di Stefano shunday degan: „Men uchun Eusebio har doim barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi boʻlib qoladi“.

Biografiyasi Eusebio 1942-yil 25-yanvarda Portugaliyaning Mozambikdagi Lourensu Markes (hozirgi Maputo) mahallasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Laurindo Antonio da Silva Ferreyra, portugaliyalik Angolasi Malanje shahridan oq tanli temiryoʻl ishchisi, xotini esa Elisa Anissabe qora tanli Mozambik ediEusébio: Portugal and Mozambique mourn their soccer legend Portuguese American Journal. Eusébio ota-onasining besh farzandidan (Jaime, Alberto, Adelino, Eusebio va Lucilia) toʻrtinchi farzandi edi. Elisa Anissabeni ikkinchi nikohdan (Gilberto, Inocencia va Fernando) yana uchta farzand koʻrgan. Eusébio nihoyatda kambagʻal mahallada oʻsgan boʻlib, maktab darslarini qoldirib, doʻstlari bilan yalang oyoq futbol oʻynagan. Otasi 1950-yilda, Eusebio sakkiz yoshiligi vaqtida qoqsholdan vafot etgan. Yoshligidan futbolga berilib ketgan Eusebio 4-sinfgacha oʻqigan, va aka-uka va opa-singillari orasida boshlangʻich maʼlumotga ega boʻlmagan yagona oila aʼzosi edi. Uning uchta ukasi muhandis boʻlgan"Eusébio – A minha História", João Malheiro, 2005, QN-Edição e Conteúdos, pág. 14.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLIgaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSporting de Lourenço Marques1957Moçambola49——491958711——71119591121——112119602036——2036Jami4277——4277Benfica1960–61Almanaque Benfica p. 293Primeira Divisão111100221961–62Almanaque Benfica p. 3011712711651131291962–63Almanaque Benfica p. 308242368762139381963–64Almanaque Benfica p. 31519286143428461964–65Almanaque Benfica p. 32220287119936481965–66Almanaque Benfica p. 3292325255730371966–67Almanaque Benfica p. 3352631374433421967–68Almanaque Benfica p. 3422442229635501968–69Almanaque Benfica p. 34921109185135291969–70Almanaque Benfica p. 3562221214428261970–71Almanaque Benfica p. 3642219793732351971–72Almanaque Benfica p. 3712419588137281972–73Almanaque Benfica p. 3772840104233421973–74Almanaque Benfica p. 3832116324128191974–75Almanaque Benfica p. 390920040132Jami3013176197755732440473Boston Minutemen1975NASL72——1082Monterrey1975–76Mexican Primera División101———101Toronto Metros-Croatia1976NASL2116——422518Beira-Mar1976–77Primeira Divisão123———123Las Vegas Quicksilvers1977NASL172———172União de Tomar1977–78Segunda Divisão93———93New Jersey Americans1978ASL92———921979—————Buffalo Stallions (yopiq)1979–80MISL51———51Umumiy faoliyat4334246197755784577582

International

+Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollarEusébio Ferreira da Silva – Goals in International Matches . rsssf.org (29 October 2005). Retrieved on 8 May 2011.Terma jamoaYilOʻyinlarGollarPortugaliya19612119625219631019646419657719661212196763196821196942197010197152197294197343Jami6441

Yana qarang

Rasmiy o‘yinlarda 500 va undan ortiq gol urgan erkak futbolchilar ro‘yxati Eusebio kubogi

Manbalar Umumiy

Maxsus

Adabiyotlar

Filmografiya

Juan de Orduña, Eusébio, la Pantera Negra (1973) Filipe Ascensão, Eusébio: História de uma Lenda (2017) António Pinhão Botelho, Ruth (2018)

Havolalar

NASL/MISL stats

Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:C.F. Monterrey futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:1966-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:Oltin toʻp sohiblari Turkum:UEFA Oltin futbolchilari Turkum:FIFA 100 Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar