UEFA Millatlar Ligasi — UEFAga aʼzo futbol asotsiatsiyalarning erkaklar milliy terma jamoalari oʻrtasida oʻtkaziladigan xalqaro futbol musobaqasi.
Dastlabki turnir 2018-yilning sentyabrida boshlangan. A liganing toʻrtta guruhida gʻolib boʻlgan jamoalar finallar (yarim final, final) bosqichiga chiqishgan. Finallar 2019-yilning iyun oyida Portugaliyada boʻlib oʻtgan. Musobaqa shu vaqtgacha FIFA kunlarida oʻtkazilib kelingan oʻrtoqlik uchrashuvlarining oʻrnini bosishi hamda Yevropa milliy terma jamoalariga oʻzlari bilan teng kuchli boʻlgan Yevropaning boshqa milliy terma jamoalari bilan koʻproq rasmiy oʻyinlar oʻtkazishlari maqsad qilingan.
Tashkil etilishi 1999-yildan buyon turli UEFA milliy terma jamoalarga koʻproq rasmiy oʻyin, shu jumladan Xalqaro oʻrtoqlik bahslari kabi koʻproq daromad keltiradigan loyihalar oʻtkazishga imkoniyat yaratib berish boʻyicha bosh qotirgan. 2001-yilda UEFA milliy terma jamoalar oʻrtasidagi yangi turnir uchun 3 xil tahminiy format taklif qilgan. Birinchi musobaqa 2004-2007-yillar oraligʻida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Biroq turnir ayrim sabablarga koʻra oʻtkazilmagan.
2013-yilning oktyabrida Norvegiya Futbol Asotsiatsiyasi Prezidenti Yngve Hallén UEFA aʼzo boʻlgan terma jamoalar oʻrtasida FIFA Jahon chempionati hamda UEFA Yevropa chempionatiga qoʻshimcha tarzda 3-toʻlaqonli terma jamoalar uchun tashkil etiladigan xalqaro turnir oʻtkazish haqida muhokamalar oʻtkazilganligini tasdiqlagan.
Manbalar
Turkum:Futbol assotsiatsiyasi musobaqalari Turkum:UEFA Millatlar ligasi Turkum:UEFA tasnifidagi milliy terma jamoalar oʻrtasidagi musobaqalar