Tatyana Mixaylovna Markova ( Agunovich; 1956-yil 8-iyun, Stalingrad) – sovet va rus qoʻshiqchisi, bastakor va qoʻshiq muallifi. 1990-yillarda „Chto ya v jizni natvorila“ „Vspominay“ „Plate beloe“ va „Ya plachu“ qoʻshiqlari bilan mashhur boʻldiTatyana Mixaylovna MARKOVA (v devichestve – Agunovich, rod. 8 iyunya, 1956, Volgograd, RSFSR, SSSR) – sovetskaya / rossiyskaya pevitsa, kompozitor, avtor tekstov. // Yarkiy i zapominayuщiysya obraz, moщnaya ssenicheskaya energetika, koloritno-ekspressivniy i vsegda uznavaemiy vokal – vot te kachestva, kotorie pomogli Tatyane Markovoy….
Biografiyasi Tatyana Agunovich 1956-yil 8-iyunda Stalingradda (hozirgi Volgogradda) tugʻilgan. Bolaligidan musiqa va vokal bilan shugʻullangan. Markovaning ijodiy ideali Ella Fitsjerald boʻlgan. Qoʻshiqchi 15 yoshida oʻz shahrining estrada maydonlarida qoʻshiq ayta boshlagan va 18 yoshidan boshlab professional sahnada chiqishlar qilgan. Volgograd sanʼat bilim yurtini vokal yoʻnalishi boʻyicha tugatgandan soʻng, „Veter“ nomli mahalliy ansambl tarkibida gastrol safarlarida qatnashdi. 1974-yilda Markova Astraxon filarmoniyasining solisti boʻldi, 1980-yillarda esa Moskvaga koʻchib ketdi va u yerda „Shestro molodix“ VIA bilan birgalikda chiqishlar qila boshladi.
Markova 1987-yilda Roskontsertda ishlab, „Alfa“ rok guruhi bilan birga chiqishlar qilgan. Shu bilan bir vaqtda, xonanda oʻzining qoʻshiqlarini yozishni boshlagan va xususan, „Lyubish – ne lyubish“ hamda „Vino lyubvi“ nomli asarlarini taqdim etgan. Keyinchalik Tatyana Markovaning qoʻshiqlari Iosif Kobzon, Vadim Kazachenko, Aleksandr Abdulov singari taniqli sanʼatkorlar ijrosida yangrab, shuhrat qozondi. 1990-yilda qoʻshiqchi va „Alfa“ guruhi „Zdravstvuy, devushka-noch“ qoʻshigʻi bilan Polshaning Sopot shahrida oʻtkazilgan xalqaro festivalning gʻoliblari boʻlishdi. Shundan soʻng, aynan shu tarkibda ular yakuniy „Yil qoʻshigʻi“ telemusobaqasida ishtirok etib, u yerda „Zdravstvuy“ qoʻshigʻini ijro etdilar (muallif: Tatyana Markova, bastakor: Aleksandr Lukyanov).
Shaxsiy hayoti Tatyana Mixaylovna 1980-yilda Viktor Markovga turmushga chiqdi va Viktor uning prodyuseri boʻldi. Nikohdan ikki farzand dunyoga keldi: Aleksandr (1981-2012, qon saratonidan vafot etgan) va Valeriya (1985-yilda tugʻilgan). Er-xotin 2005-yilda ajrashdi.
Manbalar
Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:8-iyunda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar