Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy () Umaviylar xalifaligi davrida 721—724, keyinchalik 737—742-yillarda Misr hokimi, 742—745-yillarda Ifriqiya hokimi boʻlgan.

Misr hokimligi Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy taxminan 720-yilda Umaviylar xalifasi Yazid II tomonidan Misr hokimi etib tayinlangan ukasi Bishr ibn Safvon al-Kalbiy bilan birga Misrga kelgan. U yerda mirshablar boshligi (ash-shurta) boʻlan. Hanzala 724-yilga qadar Misr hokimi boʻlib xizmat qilgan, biroq oʻsha yili yangi xalifa Hishom ibn Abdulmalik taxtga oʻtirgan va ukasi Muhammad ibn Abdulmalik ibn Marvonni hokim etib tayinlagan.

Bir qator muvaffaqiyatsiz Misr hokimlaridan soʻng xalifa Hishom 737-yilda Abdurrahmon ibn Xolid al-Fahmiyning oʻrniga Hanzala ibn Safvonni qayta Misr hokimi etib tayinlashga qaror qilgan.

Ifriqiya hokimligi 741-yil oktyabr oyida Magʻribda kechgan Berberlar qoʻzgʻoloni vaqtida Ifriqiya qoʻshini xalifa tomonidan yuborilgan Suriya qoʻshinlari bilan birga Bagdura jangida berberlar tomonidan yoʻq qilingan. Hokim Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy jang maydonida halok boʻlgan, uning jiyani va vorisi Balj ibn Bishr al-Qushayriy esa qoʻshinning qolgan qismi bilan Ispaniyada panoh topdi, natijada butun Ifriqiya berber isyonchilarining hujumi uchun ochiq qolib ketdi.

Umaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalik ixtiyorida qoʻshimcha kuch boʻlmaganligi uchun tezda Hanzala ibn Safvonni Ifriqiyaga hokim etib tayinladi. Hanzala butun Magʻrib (Misrdan gʻarbdagi Shimoliy Afrika) va Andalus (Ispaniya) ustidan nazorat oʻrnatish vakolatiga ega boʻldi. Shuningdek, unga Ifriqiyani himoya qilish va Berber qoʻzgʻolonini bostirish uchun zarur kuchlarni toʻplab, u yerga yetib borish buyurildi. Misrni Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiyning qoʻliga topshirgan holda Hanzala 742-yil fevralda gʻarbga tomon yoʻl oldi. Barqa (Kirenaika) va Tripolidan (Tarobulus al-Gʻarb) qoʻshimcha kuchlarni yigʻib, 742-yilning aprel oyida Qayravonga yetib keldi.

Ifriqiyada berberlar qoʻzgʻolonini bostirgach, Hanzala oʻz eʼtiborini Al-Andalusga (Ispaniya) qaratdi. U yerda Andalusiya arablari va yangi kelgan Suriya jundlari (xalifa Hishom 741-yilda Ifriqiyaga yuborgan harbiy kuchlarning qolgan qismi) oʻrtasida haqiqiy ichki kurash ketayotgan edi. 743-yilning boshida Hanzala ibn Safvon amakivachchasi Abu al-Xattor ibn Daror al-Kalbiyni oʻzining noibi sifatida Kordovaga yubordi. Abu al-Xattor u yerda Andalus hukumatini oʻz qoʻliga olib, kelishmovchilikni bartaraf etdi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:8-asr Misrdagi Umaviylar hokimlari Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Ifriqiyadagi Umaviylar hokimlari