Kitob at-Tavhid (arabcha:كتاب التوحيد) – sunniylik va ilohiyotga oid kitob boʻlib, moturidiy mazhabining asosiy manbasi. Hanafiy olimi Abu Mansur al-Moturidiy (vaf. h.333/m.944-yil) tomonidan yozilgan.
„Kitob at-tavhid“ Ahli sunna val-jamoa aqida va eʼtiqodlarini ochib beruvchi, karromiylar, moʻʼtaziliylar, qadariylar, majusiylar, faylasuflar, dualistlar va nasroniylar kabi muxoliflarning pozitsiyalariga qarshi turuvchi monumental asardir. Ushbu asar islom ilohiyotiga batafsil va yaxlit yondashuvni taqdim etadi, shu bilan birga uning eng qadimgi keng qamrovli manbasi boʻlib xizmat qiladi. Moturidiy oʻz taʼlimotining asoslarini taqdim etadi va tavhidni himoya qilish uchun batafsil dalillarni, jumladan, olamning yaratilishi va mavjudligi kabi kosmologik taʼlimotlarini taqdim etadi. U, shuningdek, Xudoga, uning mavjudligi va sifatlariga eʼtibor qaratadi, boshqalar qatori antropomorfizm va ratsionalizm bilan bogʻliq muammolarni tahlil qiladi.
Nashrlar Kitob Bakir Toʻpalogʻli va Muhammad Aruchi tomonidan tahrir qilingan va ikki marta İSAM nashrlari tomonidan nashr etilgan (2000 va 2003). Uchinchi nashri 2007-yilda Bayrutda paydo boʻlgan. Kitob Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, nashrdan chiqqan.
Mukofotlar Kitob 2008-yilda Eron Islom Respublikasi Madaniyat va Islomiy hidoyat vazirligi tomonidan islomshunoslik sohasidagi „Yil kitobi“ 16-Jahon mukofotiga sazovor boʻlgan. Kitob muharrirlari Bakir Toʻpaloʻgʻli va Muhammad Aruchi shu munosabat bilan Madaniyat va Islomiy hidoyat vazirligi tomonidan Eronga taklif qilindi. 2009-yil 7-fevralda musulmon ilohiyotshunosligi boʻyicha „Yil kitobi“ mukofoti Prezident Mahmud Ahmadinajod tomonidan gʻoliblarga topshirildi.
Jozef Shaxt oʻzining „Kitob at-Tavhid“ topilganini eʼlon qilgan maqolasida Kembrij qoʻlyozmasini Moturidiyning sahih asari deb taʼriflagan. Bizgacha yetib kelgan bitta qoʻlyozma Fathulloh Xalif tomonidan 1970-yilda nashr etilganidan buyon uning asosida islom ilohiyotshunosligi talabalari tomonidan tadqiqotlar olib borildi va unga oid bir qancha sharh va tadqiqotlar nashr etildi.
Havolalar
Kitabü't-Tevhid / Ebu Mansur al-Maturidiy Kitabü't-Tevhid / Ebû Mansur el-Maturidi’nin (ö. 333/944) kelama day eseri
Manbalar
Turkum:Monoteizm Turkum:Ilohiyot Turkum:Moturidiy